Terrorchilikda gumon qilinayotganlarga nisbatan ehtiyot choralari kuchaytiriladi

© PixabayChelovek v naruchnikax i klaviatura
Chelovek v naruchnikax i klaviatura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Hujjatning qabul qilinishi natijasida terrorizm va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashdagi kamchiliklar bartaraf etiladi
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonda terrorchilik yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rish imkoniyatlari kengaytirilmoqda. Bu haqda Bosh prokurorning Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e’lon qilingan buyrug‘i loyihasida so‘z boradi.
Buyruq bilan Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi o‘zgartirishlar kiritiladi:
a) shaxslarni terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritish asoslari kengaytiriladi;
b) terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslarning operatsiyalarini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish hamda bunday shaxslarga va ularga ko‘maklashuvchi shaxslarga har qanday yordam ko‘rsatish taqiqlanishi haqidagi majburiyatlarni yuzaga kelish vaqti belgilanmoqda;
v) Ro‘yxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarni to‘xtatish va (yoki) pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yganlik uchun maxsus vakolatli davlat organi va tashkilotlar javobgarlikka tortilmasligi haqidagi qoida kiritilmoqda.
Hujjat sharhida ta’kidlanishicha, loyihaning qabul qilinishi natijasida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruh (FATF)ning tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish orqali Yevroosiyo guruhi tomonidan jinoiy daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini baholash natijasi bildirilgan kamchiliklarni bartaraf etishga hamda pasaytirilgan ko‘rsatkichlarni ko‘tarishga erishiladi.
Yangiliklar lentasi
0