https://oz.sputniknews.uz/20221121/qozogiston-ozbekiston-30134180.html
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasi bo‘yicha yakuniy bayonnoma imzoladi
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasi bo‘yicha yakuniy bayonnoma imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi tarkibida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari delegatsiyalarining 100- yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 21.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-21T16:58+0500
2022-11-21T16:58+0500
2022-11-21T16:58+0500
siyosat
qozog‘iston
o‘zbekiston
chegara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1f/29615048_0:180:3203:1982_1920x0_80_0_0_3cf74cbb96679594a480f45e14bcb448.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston demarkatsiya komissiyasining qo‘shma ishi bo‘yicha yakuniy bayonnoma imzolandi. Bu haqida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarovning ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.Qayd etilishicha, 14-19-noyabr kunlari Toshkentda Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi tarkibida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari delegatsiyalarining 100- yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Smadiyarovning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishi bo‘yicha yakuniy bayonnomani ham imzolagan.Shu bilan birga, TIVning aniqlik kiritishicha, muzokaralar do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik ruhida o‘tgan.Bir oy avval Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida qozoq-o‘zbek davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuv loyihasi tayyorlangan edi.Davlat chegarasining demarkatsiyalangan chizig‘ining uzunligi 2356,666 kmga teng. Tomonlar davlat chegarasi chizig‘iga jami 1301ta chegara belgilarini o‘rnatdi.Bitim kuchga kirgandan so‘ng tomonlar har 10-yilda bir marta davlat chegarasi chizig‘i belgilanishini birgalikda tekshirib turilishi nazarda tutilmoqda.Tomonlarning kelishuviga ko‘ra tekshirish shartlari o‘zgartirilishi, shuningdek, uning alohida uchastkalarida davlat chegarasi chizig‘ining belgilanishini birgalikda tekshirish ham o‘tkazilishi mumkin.
qozog‘iston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1f/29615048_266:0:2997:2048_1920x0_80_0_0_176f71cd128bca4c1d293bb8da22bf1a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, qozog‘iston, o‘zbekiston, chegara
siyosat, qozog‘iston, o‘zbekiston, chegara
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasi bo‘yicha yakuniy bayonnoma imzoladi
Toshkentda Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi tarkibida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari delegatsiyalarining 100- yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Qozog‘iston va O‘zbekiston demarkatsiya komissiyasining qo‘shma ishi bo‘yicha yakuniy bayonnoma imzolandi. Bu haqida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarovning ma’lum qildi, deya
xabar berdi Sputnik Qozog‘iston.
Qayd etilishicha, 14-19-noyabr kunlari Toshkentda Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi tarkibida Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari delegatsiyalarining 100- yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
“Tomonlar Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasini demarkatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim loyihasini va ushbu kelishuvni to‘ldiruvchi hisoblangan chegarani belgilash bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini imzolashga tayyorlab qo‘yishdi”, - deydi Aybek Smadiyarov.
Smadiyarovning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar Qozog‘iston-O‘zbekiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishi bo‘yicha yakuniy bayonnomani ham imzolagan.
Shu bilan birga, TIVning aniqlik kiritishicha, muzokaralar do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik ruhida o‘tgan.
Bir oy avval Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida qozoq-o‘zbek davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha kelishuv loyihasi tayyorlangan edi.
Davlat chegarasining demarkatsiyalangan chizig‘ining uzunligi 2356,666 kmga teng. Tomonlar davlat chegarasi chizig‘iga jami 1301ta chegara belgilarini o‘rnatdi.
Bitim kuchga kirgandan so‘ng tomonlar har 10-yilda bir marta davlat chegarasi chizig‘i belgilanishini birgalikda tekshirib turilishi nazarda tutilmoqda.
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra tekshirish shartlari o‘zgartirilishi, shuningdek, uning alohida uchastkalarida davlat chegarasi chizig‘ining belgilanishini birgalikda tekshirish ham o‘tkazilishi mumkin.