O‘zbekistonlik talabalar Moskvadagi kino festivalida sovrindor bo‘lishdi

© Kinematografiya agentligi BDKIda 42-xalqaro talabalar festivali bo‘lib o‘tdi
BDKIda 42-xalqaro talabalar festivali bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Moskvada bo‘lib o‘tgan 42 Xalqaro BDKI talabalar festivalida o‘zbekistonlik yoshlar maxsus diplomga ega bo‘lishdi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik talabalar Moskvadagi kino festivalida ikkita sovrinni qo‘lga kiritishdi. Bu haqida Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI)da 42-xalqaro talabalar festivali bo‘lib o‘tdi. Tanlov dasturida BDKI Toshkent filiali talabalari o‘z filmlari bilan ishtirok etishdi.
Festival jami dunyoning 47ta kino universiteti va 40 dan ortiq davlat vakillarini qamrab oldi. Tanlov dasturida ishtirok etish uchun 600dan ortiq arizalar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 60 tasi saralab olindi.
© Kinematografiya agentligi BDKIda 42-xalqaro talabalar festivali bo‘lib o‘tdi
BDKIda 42-xalqaro talabalar festivali bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
BDKIda 42-xalqaro talabalar festivali bo‘lib o‘tdi
BDKI Toshkent filialining ikki nafar talabasi quyidagi sovrinlarni qo‘lga kiritdi:
“Rejissorlik” yo‘nalishi 1 bosqich talabasi Sherzod Nazarov “Ipak yo‘lida” filmi uchun “Ta’sirchan kino hikoyasi uchun” professional hakamlar hay’atining maxsus diplomi;
“Dramaturgiya” yo‘nalishi 2 bosqich talabasi Timur Murodov “Kasseta” filmi uchun “Inson qadriyatlarini asrab-avaylagani uchun” professional hakamlar hay’atining maxsus diplomi.
Aytilishicha, bu yil hakamlar hay’ati raisi etib O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov saylandi. Hakamlar hay’ati tarkibiga dunyoning 6 davlatidan kino sanoati vakillari jalb qilindi.
“O‘zbek talabalari haqida gap ketganda, obyektiv natijalar olish maqsadida, ovoz berishda qatnashishdan bosh tortdim, hakamlar hay’ati BDKI Toshkent filiali talabalari Timur Murodov va Sherzod Nazarovni g‘olib deb tanlaganidan juda xursand bo‘ldim. Ishonchim komilki, bu Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahrida BDKI filialini ochish haqidagi tashabbusining yorqin natijasidir. Ishonamanki, ushbu yosh avlod tez orada O‘zbekiston kinematograflari safiga qo‘shiladi”, deydi Firdavs Abduxoliqov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq festival doirasida “BDKI Toshkent filiali filmlari namoyishi” maxsus kechasi bo‘lib o‘tgandi. Unda o‘zbekistonlik talabalar Timur Murodovning “Kasseta”, Feruz Bahodirovning “Uy”, Nurillo Narzullayevning “Yaxshi niyat Mohagul” va G‘ayrat Mo‘minovning “Bitiruvchilar” qisqa metrajli filmlari namoyish etilgan.
Yangiliklar lentasi
0