https://oz.sputniknews.uz/20221121/ozbekiston-wildberries-orqali-meva-sabzavot-eksportini-yolga-qoyishni-rejalashtirmoqda-30130514.html
O‘zbekiston “Wildberries” orqali meva-sabzavot eksportini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston “Wildberries” orqali meva-sabzavot eksportini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari “Wildberries” MChJ marketpleysi orqali meva-sabzavot mahsulotlarini jamlanma eksport qilishni tashkil etishni taklif... 21.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-21T14:52+0500
2022-11-21T14:52+0500
2022-11-21T14:52+0500
iqtisod
meva-sabzavot
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/15/30129454_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_6b12d6651db8c13e1969a9f8ae5de252.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiyaning “Wildberries” marketpleysi (internet do‘kon) orqali meva-sabzavot mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirli matbuot xizmati xabar bermoqda.Toshkentda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va “Wildberries” bosh direktori Tatana Bakalchuk ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilgan.Uchrashuvda Toshkent shahrida saralash va logistika markazlarini qurish masalalari ham muhokama qilingan.Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan Toshkent, Samarqand va Andijonda uchta agrologistika markazini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Va u “Wildberries” MChJga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari logistikasini tashkil etish nuqtayi nazaridan ushbu loyihani ko‘rib chiqishni taklif qildi.Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston agrosavdo portalini integratsiyalash, ya’ni maydonlarni o‘zaro integratsiya qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish masalasini muhokama qilishdi.Avvalroq “Wildberries” O‘zbekistonda yirik savdo-logistika majmuasi qurishi xabar qilingan edi.“Wildberries” - Rossiyaning universal formatdagi eng yirik onlayn gipermarketi. Bozorda kiyim-kechak, poyabzal, elektronika, bolalar va uy-ro‘zg‘or buyumlari va hatto oziq-ovqat mahsulotlari, kosmetika va boshqa tovarlar sotiladi. “Wildberries” tovarlarni sotish xizmati O‘zbekistonda 2022-yil fevral oyida ishlay boshlagan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/15/30129454_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_286a8dc558c87d3254b27edfdb5456c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, meva-sabzavot, o‘zbekiston
iqtisod, meva-sabzavot, o‘zbekiston
O‘zbekiston “Wildberries” orqali meva-sabzavot eksportini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari “Wildberries” MChJ marketpleysi orqali meva-sabzavot mahsulotlarini jamlanma eksport qilishni tashkil etishni taklif qildi.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiyaning “Wildberries” marketpleysi (internet do‘kon) orqali meva-sabzavot mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda vazirli matbuot xizmati
xabar bermoqda. Toshkentda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shuhrat Mirzayev va “Wildberries” bosh direktori Tatana Bakalchuk ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilgan.
“Shuhrat Mirzayev “Wildberries” MChJ marketpleysi orqali meva-sabzavot mahsulotlarini jamlanma eksport qilishni tashkil etishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.
Uchrashuvda Toshkent shahrida saralash va logistika markazlarini qurish masalalari ham muhokama qilingan.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozirda Osiyo taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan Toshkent, Samarqand va Andijonda uchta agrologistika markazini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Va u “Wildberries” MChJga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari logistikasini tashkil etish nuqtayi nazaridan ushbu loyihani ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston agrosavdo portalini integratsiyalash, ya’ni maydonlarni o‘zaro integratsiya qilish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish masalasini muhokama qilishdi.
Avvalroq “Wildberries” O‘zbekistonda yirik savdo-logistika majmuasi qurishi
xabar qilingan edi.“Wildberries” - Rossiyaning universal formatdagi eng yirik onlayn gipermarketi. Bozorda kiyim-kechak, poyabzal, elektronika, bolalar va uy-ro‘zg‘or buyumlari va hatto oziq-ovqat mahsulotlari, kosmetika va boshqa tovarlar sotiladi. “Wildberries” tovarlarni sotish xizmati O‘zbekistonda 2022-yil fevral oyida ishlay boshlagan.