O‘zbekiston prezidenti Parijga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yig‘inida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq Parijdagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yig‘inida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ustuvor sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Davlat rahbari Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.
Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” va “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari” ko‘rgazmalari bilan tanishish mo‘ljallangan.
Yangiliklar lentasi
0