Yekaterinburgda bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish uchun "Yakshanba maktabi" tashkil etildi

© MNOShkolnik
Shkolnik - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Yekaterinburg shahridagi mamlakat Bosh konsulxonasining ma’lum qilishicha, birinchi tanishuv darsida 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etgan.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha "Yakshanba maktabi" tashkil etildi. Hozirda o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan barcha bolalarni mazkur maktabga joylashtirish imkoniyatlari ishlab chiqilmoqda, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Maktab Ural federal okrugida istiqomat qilayotgan o‘zbekistonlik bolalarni O‘zbekistonga, o‘zbek tili va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda milliy tarix va madaniyatni keng targ‘ib etish maqsadida ochildi.
Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonaning Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, darslarda mazkur hududda tug‘ilib o‘sgan, lekin o‘zbek tilida so‘zlashmaydigan bolalar ishtirok etmoqda.

"Birinchi darsga 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar qamrab olindi. Darslar bir yarim soat davom etadi. Kelajakda "Yakshanba maktabi"ni boshqa hududlarda ham ochishni rejalashtirganmiz",- deya ma’lum qildi Bosh konsulxona.

Birinchi tanishuv darsida o‘quvchilarga o‘zbek tili tarixi, O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan olim va mutafakkirlar haqidagi ma’lumotlar haqida so‘zlab berildi.
"Yakshanba maktabi"da bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish uchun pedagog Nozima Yo‘ldosheva jalb qilindi.
Navbatdagi darslarda qatnanish istagini bildirayotganlar soni kun sayin ortib bormoqda. Bosh konsullik o‘zbek tilini o‘rganish istagida bo‘lgan barcha bolalarni "Yakshanba maktabi"ga joylashtirish imkoniyatlarini ishlab chiqmoqda.
Yangiliklar lentasi
0