“Bu tarixiy voqea”: NATO qanday darz ketdi

© © Foto : NATO / Ian HouldingNATO
NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.11.2022
Obuna bo‘lish
Polshada raketa qulashi mojarosi haqida bir-biriga zid baholar va fikrlar fonida Shimoliy Atlantika alyansi ilgari surib kelgan “ochiq eshiklar” siyosatida muammolar yuzaga keldi.
Ma’lum bo‘lishicha, alyansga qo‘shilish uchun jiddiy yon berish kerak bo‘ladi. Oldinda turgan rahbariyat o‘zgarishi esa ittifoqdoshlarning asosiy ziddiyatlarini ko‘rsatib berdi.

Turkiya hal qiladi

Shvetsiya parlamenti terrorizmga qarshi kurash borasida jiddiy chora-tadbirlar to‘g‘risida Konstitutsiyaga o‘zgartishlar kiritishni qabul qildi. Ammo o‘z xohishi bilan emas.

Bunga esa Shvetsiya va Finlyandiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilayotgan Turkiya majbur qildi. Anqara Stokgolmning qurdlarni qo‘llab -quvvatlayotganidan norozi. Darhaqiqat, ular jamiyatining nufuzi katta, hatto hukumatda ham vakillari bor. Finlarga esa iddaolar kamroq, biroq Skandinaviya mamlakatlari neytral va birgalikda blokka a’zo bo‘lishga qaror qilishgani uchun, Xelsinki ham to‘xtab qoldi.

Riksdagda (349 o‘rinli bir palatali Shvetsiya parlamenti) 278 ovoz bilan qabul qilingan tuzatish anchayin noaniq. U “agar ular terrorizmda ishtirok etsa yoki uni qo‘llab-quvvatlasa, uyushmalar erkinligini cheklovchi” qonunlar haqida.
Shu bilan biga bir hafta ilgari, Anqaraga tashrifi chog‘ida mamlakat bosh vaziri Ulf Kristersson buni jiddiy buzilish deb atagan. “Shvetsiya huquq-tartibot organlariga terrorizmga qarshi kurashda ko‘proq kuch beradigan qadamlar bosmoqda”, — dedi u Rajab Toyyib Erdog‘an bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida.
Terrorizmga qarshi tuzatish avvalgi so‘l hukumat davrida, aprel oyidayoq ko‘rib chiqilgan. Islohot ish bermadi. Endi muxolifat bo‘lib qolgan so‘l partiya qarshi ovoz berdi. Ammo uning ovozlari yetmadi. O‘zgartishlar 1-yanvardan kuchga kiradi. Shunday qilib, shvedlar va finlarning kutishlariga to‘g‘ri keladi. Qolaversa, Turkiyadan tashqari, Vengriya ham Skandinaviya mamlakalari arizalarini ratifikatsiya qilmagan.

Budapesht ikkilanmoqda

Anqara Shvetsiyadan terrorizmda gumonlanayotgan kurdlarni jo‘natishlari talab qilayotgan bo‘lsa (hozircha ikki nafari deportatsiya qilindi, ro‘yxatda esa 73 nafar), Vengriyaning iddaolari esa ancha mujmal. U yerda Rossiyaga qarshi sanksiyalarni istamaygina quvvatlashmoqda, Ukraina tomonida turishotgani yo‘q, Kiyevga ko‘p milliard dollarlik moliyaviy transhlarni sekinlashtirib va umuman o‘z sheriklari uchun ko‘plab muammolarni keltirib chiqarishapti.
Finlyandiya va Shvetsiya bosh vazirlari Vengriya va Turkiyani o‘z arizalariga rozi bo‘lishga chaqirishmoqda. Kristersson: “Stokgolm “alyansdagi har bir davlat o‘z qarorini qabul qilishini to‘liq hurmat qiladi”, ammo oldingi chap qanot hukumati Turkiya bilan yozgi memorandum shartlarini qisman bajarib, qurol embargosini bekor qilgan va Suriyada kurd guruhlariga moliyaviy va boshqa yordamlarni to‘sib qo‘ygan” deya ta’kiladi.
Mutaxassislarning fikricha, Stokgolmdagi o‘ng markazchi kabinet uchun Anqara bilan til topishish osonroq. Buni tashqi ishlar vaziri Tobias Bilstrom bilvosita tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukmron koalitsiya kurd muammosi bo‘yicha “kamroq yuk”ga ega, undan oldingi prezident Enn Linde esa kurdlarni jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlashi bilan Turkiya bilan muzokaralarni murakkablashtirgan edi.
Budapeshtdan ham umidbaxsh signallar bor. Hukumat ratifikatsiya hujjatlarini milliy assambleyaga taqdim etdi, dedi bosh vazir Gergeli Gulyash.
Ammo shunda ham bahonalarsiz bo‘lmadi. NATOning kengayishi Vengriyaning milliy manfaatlariga mos keladimi, degan savol haligacha muhokama qilinishi kerak, dedi bosh vazir.

Moldaviya uchun shvedcha tengsiz hodisa

Noyabr oyi oxirida Ruminiyada NATO sammiti bo‘lib o‘tadi, unga Ukraina, Gruziya va Moldaviya ham taklif etilgan. Kiyev va Tbilisi uchun blokka qo‘shilish strategik maqsad. Kishinev bilan vaziyat murakkabroq. Moldova konstitutsiyasining 11 moddasiga qo‘ra, “respublika doimiy betaraflikni e’lon qiladi” va “o‘z hududida boshqa davlatlar qurolli kuchlarini joylashtirishga yo‘l qo‘ymaydi”.
Shunga qaramay Moldaviya 16-yil avval NATO bilan “Individual hamkorlik rejasi” ni imzolagan edi. Bu odatiy kelishuv emas, balki, aslida, ittifoqqa borish yo‘lidagi ikkinchi qadam. Undan keyin “Tezlashtirilgan muloqot” bosqichi va aslida yakuniy “Qo‘shilish bo‘yicha harakatlar rejasi”dir.
NATO uchun har qanday qonunni o‘zgartirish mumkin, hatto konstitutsiyani ham. Biroq, so‘nggi so‘zni alyans rahbariyati aytadi, va u yerda ham o‘zgarishlar bo‘lmoqda.

Yetakchilik uchun kurash

Alyansning amaldagi bosh kotibi Yens Stoltenbergning vakolatlari bir yildan kamroq vaqt ichida tugaydi. Amerika OAV manbalariga ko‘ra, ittifoqchilar o‘rtasida bu lavozim uchun jiddiy kurash boshlangan. Vashingtonda Kanada Moliya vaziri, qonida ukrainlar bo‘lgan 54 yoshli Xristi Frilandga ko‘proq ishora qilishmoqda.
Sobiq jurnalist (nufuzli The New York Times nashri muxbiriga turmushga chiqqan), Kanadaning Tashqi ishlar vaziri bo‘lgan. Uning diplomatik tajribasi katta, besh tilda so‘zlasha oladi (ingliz, fransuz, italyan, ukrain va rus tillari). Qolaversa, u ayol kishi. Hozirgi vaqtlarda esa bu katta imtiyoz. G‘arb davlatlarida (AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarrisdan Italiyaning yangi bosh vaziri Jiorji Melonigacha) ayollarning rahbarlik lavozimlariga kelishidan so‘ng, NATO ham gender muvozanati haqida o‘ylamoqda.
De-fakto Shimoliy Atlantika alyansiga rahbarlik qiladigan AQSh o‘z mamlakatidan nomzod ilgari surmayapti. Ularning generali va asosiy qo‘mondoni Yevropada. Vashington unga sodiq shimoldagi qo‘shnisidan umid qilmoqda.
YeI ham o‘z bosh kotibi bo‘lishini istaydi. Bu ajablanarli emas: NATOdagi jami 30 mamlakatdan 21 tasi - Yevropa mamlakatlari, Shvetsiya va Finlyandiya bilan esa 32 tadan 22 ta Yevropa mamlakati bo‘ladi.
Yevropada ham kuchli figuralar bor, jumladan, ayollar ham. Bu Estoniya bosh vari Kaya Kallas, Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova va 2015 -2020 yillarda Xorvatiyaga rahbarlik qilgan, shuningdek, NATO bosh kotibi yordamchisi bo‘lib ishlagan Kolinda Grabar-Kitarovichlardir. Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uollesni taklif qilishga tayyor.
NATO bosh kotibligi - rasmiyatchilik uchun bir lavozim hisoblanadi, barcha qarorlar Vashingtondagi kabinetlarda qabul qilinadi. Biroq aynan alyans rahbari o‘ttiz mamlakat orasidagi ommaviy konsensus uchun javobgar bo‘ladi. O‘sha Stoltenbergni ham “ochiq eshiklar” tamoyilini ilgari surib, Shvetsiya, Finlyandiyaga “keng quchoq ochib qarshi olishni” va’da berib, ammo Turkiyaga ta’sir o‘tkaza olmagani uchun qattiq tanqid qilishmoqda. NATO ahilligiga esa nafaqat alyans, balki Ukraina kabi unga ko‘z tikib turgan mamlakatlar taqdiri ham bog‘liq.
Yangiliklar lentasi
0