https://oz.sputniknews.uz/20221121/abu-dabida-ozbekiston-paviloni-ochildi-30121370.html
Abu Dabida O‘zbekiston paviloni ochildi
Abu Dabida O‘zbekiston paviloni ochildi
Sputnik O‘zbekiston
Abu dabida bo‘lib o‘tayotgan “Shayx Zoid” madaniy meros an’anaviy festivalida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda - tafsilotlar. 21.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-21T11:29+0500
2022-11-21T11:29+0500
2022-11-21T13:13+0500
turizm
abu-dabi
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/15/30121937_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_6905bb872a69a6c85228c490d5857925.jpg
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Abu Dabi amirligining Al Vatba hududida boshlangan “Shayx Zoid” festivalida “O‘zbekiston” paviloni ochildi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.“Shayx Zoid” madaniy meros an’anaviy festivali to‘rtinchi marta tashkil etilmoqda. U 18-noyabrdan 2023-yil 18-martga qadar davom etadi.Tadbir doirasida “Xush kelibsiz!” nomi ostida dronlar va lazer chiroqlari hamda Amirlik favvoralari shoulari, mushakbozlik, harbiy meros musiqasi, meros musobaqalari va qiziqarli sport tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.Festival uchun tashkil etilgan shaharchada 20 dan ortiq ishtirokchi mamlakat pavilonlari, yangi qo‘shilgan San’at shaharchasi, “ Selfie street” maydoni, Sahro muzeyi, bolalar maydonchalari, gullar shaharchasi va oziq-ovqat mahsulotlari pavilonlari tashkil etildi.O‘zbekiston paviloni O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligining Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tashkil etilib, unda Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston pavilonida 6ta turli hunarmandchilik yo‘nalishlarida do‘konlar o‘z ishini olib boradi. O‘zbek oshpazlari milliy taomlarni namoyish qilishadi. Ishtirokchilar esa mazkur taomlarni sotib olishlari mumkin bo‘ladi. Tadbirda Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilish uchun Samarqanddan yo‘lga chiqqan va ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turgan delegatsiya ham ishtirok etdi."O‘zbekiston” pavilonida musiqiy jamoalar, hunarmandlar hamda oshpazlar ishtiroki ta’minlangan holda mamlakatning turizm salohiyati keng targ‘ib qilinadi.Aytilishicha, tadbirda BAAdagi O‘zbekiston fuqarolari, san’atkorlar guruhi va blogerlar jamoasi bilan birgalikda festival asosiy maydoni bo‘ylab O‘zbekiston bayrog‘i ostida parad uyushtirildi.
abu-dabi
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/15/30121937_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_46f5eb17c10efc2dc68df43352640a25.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, abu-dabi, o‘zbekiston
turizm, abu-dabi, o‘zbekiston
Abu Dabida O‘zbekiston paviloni ochildi
11:29 21.11.2022 (yangilandi: 13:13 21.11.2022) Abu dabida bo‘lib o‘tayotgan “Shayx Zoid” madaniy meros an’anaviy festivalida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda - tafsilotlar.
TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Abu Dabi amirligining Al Vatba hududida boshlangan “Shayx Zoid” festivalida “O‘zbekiston” paviloni ochildi. Bu haqida Turizm va madaniy meros vazirligi xabar
berdi. “Shayx Zoid” madaniy meros an’anaviy festivali to‘rtinchi marta tashkil etilmoqda. U 18-noyabrdan 2023-yil 18-martga qadar davom etadi.
Tadbir doirasida “Xush kelibsiz!” nomi ostida dronlar va lazer chiroqlari hamda Amirlik favvoralari shoulari, mushakbozlik, harbiy meros musiqasi, meros musobaqalari va qiziqarli sport tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.
Festival uchun tashkil etilgan shaharchada 20 dan ortiq ishtirokchi mamlakat pavilonlari, yangi qo‘shilgan San’at shaharchasi, “ Selfie street” maydoni, Sahro muzeyi, bolalar maydonchalari, gullar shaharchasi va oziq-ovqat mahsulotlari pavilonlari tashkil etildi.
O‘zbekiston paviloni O‘zbekiston Investitsiya va tashqi savdo vazirligining Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tashkil etilib, unda Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 31-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.
Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati
Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, O‘zbekiston pavilonida 6ta turli hunarmandchilik yo‘nalishlarida do‘konlar o‘z ishini olib boradi. O‘zbek oshpazlari milliy taomlarni namoyish qilishadi. Ishtirokchilar esa mazkur taomlarni sotib olishlari mumkin bo‘ladi.
Tadbirda Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston turizm salohiyatini targ‘ib qilish uchun Samarqanddan yo‘lga chiqqan va ayni damda Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib turgan delegatsiya ham ishtirok etdi.
"O‘zbekiston” pavilonida musiqiy jamoalar, hunarmandlar hamda oshpazlar ishtiroki ta’minlangan holda mamlakatning turizm salohiyati keng targ‘ib qilinadi.
Aytilishicha, tadbirda BAAdagi O‘zbekiston fuqarolari, san’atkorlar guruhi va blogerlar jamoasi bilan birgalikda festival asosiy maydoni bo‘ylab O‘zbekiston bayrog‘i ostida parad uyushtirildi.