Surxondaryoda uyida saqlangan yirtqich qush ekologlarga topshirildi – foto

© Davlat ekologiya qo‘mitasiSurxondaryoda uyida saqlangan yirtqich qush ekologlarga topshirildi
Surxondaryoda uyida saqlangan yirtqich qush ekologlarga topshirildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2022
Obuna bo‘lish
Qumoy Sariosiyo tumanining “Afrosiyob” mahallasida yashovchi fuqaro M.Oning uyida saqlanayotgani aniqlandi.
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qumoy (oqbosh) aholi xonadonlarining birida saqlanayotgani aks etgan videomurojaatlar yuzasidan Surxondaryo viloyati Ekologiya va Milliy gvardiyalari boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor o‘rganish ishlari olib borildi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, qumoy Sariosiyo tumanining “Afrosiyob” mahallasida yashovchi fuqaro M.Oning uyida saqlanayotgani aniqlandi.
M.Oning ma’lum qilishicha, O.R ismli do‘sti qushni Sangardak tog‘laridan kasal holida topib olib, parvarish qilish uchun olib kelib bergan.
Fuqaro M.O yirtqich qush O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilganini, yovvoyi hayvonlarni uyda saqlash mumkin emasligini bilmasligini bildirib, qumoyni o‘z ixtiyori bilan davlat inspektorlariga topshirdi.
Qumoyning sog‘lig‘ini tekshirish va unga kerakli bo‘lgan parvarishlarni qilish uchun vaqtinchalik Termiz hayvonot bog‘ining veterinar xodimlariga topshirildi.
Yangiliklar lentasi
0