Gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan genderga oid audit instituti yaratiladi

© O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis SenatiGender tenglikni ta’minlashga qaratilgan genderga oid audit instituti yaratiladi
Gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan genderga oid audit instituti yaratiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2022
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Qonun bilan davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkazishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. Senatning o‘ttiz beshinchi yalpi majlisida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senatning matbuot xizmati xabar berdi.
Qonun bilan davlat organlari va tashkilotlarida genderga oid audit o‘tkazishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda.
“Xususan, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida, jumladan kadrlar siyosatini olib borishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi holatini, shuningdek, genderga doir kompleks yondashuvni o‘rganish va baholash faoliyati genderga oid audit sifatida belgilanmoqda”, deyiladi xabarda.
Auditni o‘tkazishning asosiy vazifalari – davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbatini hamda genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini o‘rganish, shuningdek, gender tenglikni ta’minlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilishini baholash etib belgilanmoqda. Shu bilan birga, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.
Qonunda genderga oid audit uch yillik rejaga asosan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida o‘tkazilishi, uning natijalariga doir axborot va takliflar Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasiga yuborilishi aks etmoqda.
Genderga oid audit natijalari to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
“Shuningdek, Komissiyaga xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirishga, xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida gender tenglikka erishishga, oilani mustahkamlashga, onalik, otalik hamda bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish, gender tenglikni, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlarning joriy holatini o‘rganish, mavjud muammolarni tanqidiy jihatdan tahlil qilish va bartaraf etish choralarini ko‘rish, genderga oid auditni o‘tkazish rejasini tasdiqlash va genderga oid auditni o‘tkazish uslubiyatini belgilash bo‘yicha vakolatlar berilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Yangiliklar lentasi
0