Bugun qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.11.2022
Obuna bo‘lish
Poytaxtda kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 19 noya - Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha havo o‘zgarib turadi, ertalab Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning birinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0