https://oz.sputniknews.uz/20221119/bolalarning-dam-olishini-tashkil-etish-departamenti-faoliyati-yolga-qoyiladi--30097132.html
Bolalarning dam olishini tashkil etish departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Bolalarning dam olishini tashkil etish departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Sputnik O‘zbekiston
Bolalarning dam olishini tashkil etish departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
2022-11-19T13:31+0500
2022-11-19T13:31+0500
2022-11-19T13:36+0500
jamiyat
o‘zbekiston
bolalar
prezident qarori
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/01/25828396_0:31:600:369_1920x0_80_0_0_ebf49aded63e3b7a6572fdae73967c59.jpg
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:• Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi;• Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti.Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvardan:• Mahalliy budjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg‘armaga yo‘naltiriladi;• Davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo‘llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo‘llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so‘mdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.Shuningdek, bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/01/25828396_34:0:567:400_1920x0_80_0_0_3b230e80b2f5904f425d3f0f783aa627.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
bolalarning dam olishini tashkil etish departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
bolalarning dam olishini tashkil etish departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Bolalarning dam olishini tashkil etish departamenti faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
13:31 19.11.2022 (yangilandi: 13:36 19.11.2022) Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tashkil etiladi.
TOShKENT, 19 noya — Sputnik. “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul
qilindi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida quyidagilar tashkil etiladi:
• Bolalar sog‘lomlashtirish va aholi salomatligini tiklashga ko‘maklashish jamg‘armasi;
• Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti.
“Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kasaba uyushmalari a’zolarining farzandlari dam olishi va ularni sog‘lomlashtirish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida har bir yo‘llanma uchun BHMning 2 baravari (600 ming so‘m), biroq yo‘llanma narxining 50 foizidan oshmagan miqdorda oromgohlarga kompensatsiya to‘lanadi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvardan:
• Mahalliy budjetlar daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismining 10 foizi har chorakda Jamg‘armaga yo‘naltiriladi;
• Davlat organlari va tashkilotlari o‘z xodimlarining farzandlari uchun sotib olingan oromgohlar yo‘llanmalari narxining 50 foizigacha, ammo har bir yo‘llanma uchun BHMning 1 baravaridan (300 ming so‘mdan) oshmagan qismi ish beruvchilar tomonidan kompensatsiya qilib berilishi mumkin.
Shuningdek, bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi.