https://oz.sputniknews.uz/20221118/ukraina-qoshinlari-charchab-qolmoqda---lxr-harbiylari-30088142.html
Ukraina qo‘shinlari charchab qolmoqda - LXR harbiylari
Ukraina qo‘shinlari charchab qolmoqda - LXR harbiylari
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Qurolli kuchlari LXRning ayrim hududlarida hujumga o‘tish taktikasidan voz kechib mudofaaga o‘tapti. Shuningdek UQK ixtiyoridagi g‘arb qurollari zahiralari ham... 18.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-18T20:15+0500
2022-11-18T20:15+0500
2023-04-05T18:41+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
donesk xalq respublikasi (dxr)
lugansk xalq respublikasi (lxr)
zaporojye viloyati
xerson viloyati
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1f/29602860_0:288:2999:1975_1920x0_80_0_0_8eb17db8a9e03d18414be548f70f5567.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari harbiylari Lugansk xalq respublikasining ba’zi hududlarida o‘zining hujum qobiliyatini yo‘qotib, himoyaga o‘tmoqda. Bu haqda Respublika xalq militsiyasi zobiti Andrey Marochko Birinchi kanal efirida aytib o‘tdi, deb xabar berdi RIA Novosti.Shu bilan birga, ofitser Ukraina qo‘shinlari qariyb bir oydan beri respublika shimoliga bostirib kirishga urinayotganini eslatdi. Hozir ham hujumlar to‘xtamayapti. Nisbatan faol janglar Svatovo aholi punkti atrofida davom etmoqda.“Dushman <...> har kuni mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga urinyapti”, - deya aniqlik kiritdi harbiy.Bundan tashqari, ofitser Ukraina Qurolli Kuchlari G‘arb qurollariga o‘q-dorilar yetishmovchiligiga duch kelganini qo‘shimcha qildi.15 noyabr kuni ofitser Ukraina qo‘shinlari Svatovo, Kremennaya, Lisichansk va Popasna yo‘nalishida o‘z guruhlarini zirhli tank guruhlari bilan mustahkamlagani haqida xabar bergandi. Marochko razvedka ma’lumotlari va dushman xatti-harakatlari xarakteriga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari asosiy kuchlarini shu hududga qaratayotganini qayd etgandi.Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy harakatlardan asosiy maqsad Donbassni ozod qilishdir. Sentabr oyida DXR va LXR ushbu hududlarda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra Rossiyaga qabul qilindi.
ukraina
lugansk xalq respublikasi (lxr)
zaporojye viloyati
xerson viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/1f/29602860_228:361:2280:1900_1920x0_80_0_0_ea1e51bdb99b118ee3e08a54157a4277.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina, donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), zaporojye viloyati, xerson viloyati, rossiya
ukraina, donesk xalq respublikasi (dxr), lugansk xalq respublikasi (lxr), zaporojye viloyati, xerson viloyati, rossiya
Ukraina qo‘shinlari charchab qolmoqda - LXR harbiylari
20:15 18.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Ukraina Qurolli kuchlari LXRning ayrim hududlarida hujumga o‘tish taktikasidan voz kechib mudofaaga o‘tapti. Shuningdek UQK ixtiyoridagi g‘arb qurollari zahiralari ham tugab bormoqda.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlari harbiylari Lugansk xalq respublikasining ba’zi hududlarida o‘zining hujum qobiliyatini yo‘qotib, himoyaga o‘tmoqda. Bu haqda Respublika xalq militsiyasi zobiti Andrey Marochko Birinchi kanal efirida aytib o‘tdi, deb
xabar berdi RIA Novosti.
“Ijobiy tendensiya mavjud – ba’zi hududlarda dushman kuchini yo‘qotayotgani ayon bo‘lyapti: u faol hujum operatsiyalaridan mobil va ko‘r-ko‘rona mudofaaga o‘tmoqda. Bu zaxiralarning bir qismi tugaganidan, jismoniy charchoq borligidan dalolat beradi”, - deydi u.
Shu bilan birga, ofitser Ukraina qo‘shinlari qariyb bir oydan beri respublika shimoliga bostirib kirishga urinayotganini eslatdi. Hozir ham hujumlar to‘xtamayapti. Nisbatan faol janglar Svatovo aholi punkti atrofida davom etmoqda.
“Dushman <...> har kuni mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga urinyapti”, - deya aniqlik kiritdi harbiy.
Bundan tashqari, ofitser Ukraina Qurolli Kuchlari G‘arb qurollariga o‘q-dorilar yetishmovchiligiga duch kelganini qo‘shimcha qildi.
“HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimida borgan sari yangi raketalar qo‘llanilmoqda. Brankaga uchirilgan raketalarda 2020-yil sanasi ko‘rsatilgan. Ta’kidlashni istardimki, biz avvalroq 2015-2016 yillarni qayd etgan edik. Endi esa 2020-yil. Bu zaxiralar allaqachon tugab borayotganidan, ko‘proq yangi o‘q-dorilar ishlatilayotganidan dalolat beradi”, - deydi Marochko.
15 noyabr kuni ofitser Ukraina qo‘shinlari Svatovo, Kremennaya, Lisichansk va Popasna yo‘nalishida o‘z guruhlarini zirhli tank guruhlari bilan mustahkamlagani haqida xabar bergandi. Marochko razvedka ma’lumotlari va dushman xatti-harakatlari xarakteriga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari asosiy kuchlarini shu hududga qaratayotganini qayd etgandi.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, harbiy harakatlardan asosiy maqsad Donbassni ozod qilishdir. Sentabr oyida DXR va LXR ushbu hududlarda o‘tkazilgan referendum natijalariga ko‘ra Rossiyaga qabul qilindi.