Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya muzey xodimlari ishtirokida anjuman boshlandi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovV Tashkente proxodit konferensiya muzeynix deyateley Uzbekistana i Rossii.
V Tashkente proxodit konferensiya muzeynix deyateley Uzbekistana i Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Ushbu tadbir O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligiga bag‘ishlanadi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya muzey xodimlari ishtirokida anjuman boshlandi. Bu haqida Sputnik muxbiri xabar berdi.
Anjumandan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Rossiyada muzey sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, muammolar va istiqbollar yuzasidan ikki mamlakat muzeylari mutaxassislari o‘rtasida muloqot tashkil etish, shuningdek, muzeylar o‘rtasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirishdan iborat.
Tadbirda Madaniy meros agentligi direktori Bahodir Abdikarimov, Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari Nadejda Prepodobnaya, shuningdek, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi davlat muzeylari rahbarlari ishtirok etmoqda.
© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovV Tashkente proxodit konferensiya muzeynix deyateley Uzbekistana i Rossii.
V Tashkente proxodit konferensiya muzeynix deyateley Uzbekistana i Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
V Tashkente proxodit konferensiya muzeynix deyateley Uzbekistana i Rossii.
“Rossiya va O‘zbekiston badiiy durdonalar, qadimiy yodgorliklar va noyob me’morchilik yodgorliklari xazinasidir. Ishonchim komilki, muzey xodimlarining birinchi anjumani kasbiy tajriba almashish va mavjud hamkorlik ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi. Umid qilamanki, kelasi yili Tulada ikkinchi konferensiyada uchrashamiz”, deydi Nadejda Prepodobnaya.
Tadbirda quyidagi mavzularda tematik bo‘limlar tashkil etiladi:
Ko‘rgazma loyihalarini tashkil etishda zamonaviy texnologiyalar;
Hamkorlik qilish imkoniyatlari va muzeyni ijodiy maydon sifatida rivojlantirish;
Muzey kolleksiyalarini saqlashning innovatsion usullari.
Ushbu tadbir Turizm va madaniy meros vazirligi, Madaniy meros agentligi Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston va Rossiya muzeylari xodimlari konferensiyasi”ni o‘tkazmoqda. Anjuman o‘z ishini 19-noyabrgacha davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda O‘zbekistonda 132 ta davlat muzeyi, shu jumladan 7 ta muzey-qo‘riqxona mavjud.
Yangiliklar lentasi
0