Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita qora qoplon olib kelindi - video

© Sputnik / Aleksandr Galperin / Mediabankka o‘tishCherniy yaguar poyavilsya v Leningradskom zooparke
Cherniy yaguar poyavilsya v Leningradskom zooparke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Ayni paytda qoplonlar alohida volyerlarga joylashtirilgan - tafsilotlar.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita qora qoplon - 4 yoshli nar Tayfun va uning tengdoshi urg‘ochi Bagira olib kelindi. Ular allaqachon o‘z qo‘rg‘onlariga o‘rnashib olishdi, deya xabar bermoqda Toshkent hayvonot bog‘i.
“Biz bu jonivorlarning hayvonot bog‘imizga tashrifini intiqlik bilan kutgan edik va endi bu sodir bo‘ldi. Nihoyat, ushbu sirli, kuchli, xavfli va juda chiroyli panteralar bizning jonivorlarmiz safiga qo‘shildi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, ayni paytda qoplonlar har xil volerlarga joylashtirilgan. Volerlar to‘sinlar va yog‘och taxtalar bilan jihozlangan, u yerga tuproq sifatida qum yoyilgan. Ichki xonasi somon bilan issiq qilingan, jonivorlarning o‘yinlari uchun yirik qushlarning patlari to‘ldirilgan to‘p va o‘yinchoqlar mavjud. Panteralar ularni juda yaxshi ko‘rishadi.

“Tez orada esa ular o‘zlari uchun maxsus mo‘ljallangan, keng va ochiq aylanish joylari bo‘lgan ekspozitsiya volyeriga ko‘chadilar. U yerda shubhasiz, sayr qilish uchun joy bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan matbuot xizmati.

Tayfun va Bagiralarning ozuqa taomnomasi ularning yirtqich tabiatiga to‘liq mos keladi - mol go‘shti, haftada bir marta - quyonlar, shuningdek, sut va tuxum.
Qayd etilishicha, bog‘ga tashrif buyuruvchilar ushbu jonivorlarning terisi rasmlarda yoki televizorda ko‘ringani kabi mukammal qora emasligiga guvoh bo‘lishadi.
Diqqat bilan qarasalsa, unda dog‘larni payqash mumkin. Bundan tashqari, naslda ular qora va dog‘li qolonlar bo‘lishi mumkin.
Xulq-atvor nuqtayi nazaridan, qora qoplonlar, kichikroq bo‘lishiga qaramay, yo‘lbarslar va sherlarga qaraganda xavfliroqdir, chunki ular faol va harakatchan.
Yangiliklar lentasi
0