https://oz.sputniknews.uz/20221118/rossiya-va-xitoy-magate-rezolyutsiyasiga-qarshi-ovoz-berdi-30079651.html
Rossiya va Xitoy MAGATE rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi
Rossiya va Xitoy MAGATE rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Xitoy MAGATEning Ukrainada "iflos yadroviy bomba" yaratish bilan bog‘liq materiallar topa olmagani haqidagi rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi. 18.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-18T15:18+0500
2022-11-18T15:18+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
xitoy
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1289/57/12895705_19:0:981:541_1920x0_80_0_0_f1da09e261d6673e2e40d24627750b4d.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya va Xitoy Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilar kengashining Ukrainadagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha 17-noyabr kuni qabul qilingan rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.Ushbu rezolyutsiyaga bir necha davlatlar qarshi ovoz berishdi, ayrimlar umuman ishtirok etmadi. MAGATEdagi Rossiya missiyasi xulosasiga ko‘ra, ushbu qaror noto‘g‘ri va insoniyatning ko‘p soni qismi yashaydigan davlatlari uni ma’qullamagan. Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi ularda Kiyevning “iflos bomba” qo‘llash rejalari haqida ma’lumotlar borligi va bunda Moskvani ayblamoqchiligi haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng MAGATE yadroviy obyektlarni o‘rganish uchun Ukrainaga inspektorlar guruhini yubordi. Agentlik rahbari Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv vaqtida ekspertlar “iflos bomba” tayyorlanayotgani belgilarini topa olmagan.Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanovning ta’kidlashicha, agentlikning ikki inspektori Ukrainaning uchta obyektiga, jumladan, qo‘mondonlik obyektlariga tashrif buyurgan, tekshiruv esa bir necha soat davom etgan.
xitoy
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1289/57/12895705_140:0:861:541_1920x0_80_0_0_1fbcdbd18e687ca9d44ca3f291b7eec5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, xitoy, ukraina, rossiya
dunyoda, xitoy, ukraina, rossiya
Rossiya va Xitoy MAGATE rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi
15:18 18.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Rossiya va Xitoy MAGATEning Ukrainada "iflos yadroviy bomba" yaratish bilan bog‘liq materiallar topa olmagani haqidagi rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Rossiya va Xitoy Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilar kengashining Ukrainadagi yadroviy xavfsizlik bo‘yicha 17-noyabr kuni qabul qilingan rezolyutsiyasiga qarshi ovoz berdi. Bu haqda Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasi ma’lum
qildi.
MAGATE hujjatida aytishilishiga ko‘ra, tekshiruv chog‘ida “Ukrainaning uchta joyida e’lon qilinmagan yadroviy faollik yoki radiologik tarqatish moslamalarini (“iflos bombalar”)” ishlab chiqish bilan bog‘liq hech qanday dalil topilmagan".
Ushbu rezolyutsiyaga bir necha davlatlar qarshi ovoz berishdi, ayrimlar umuman ishtirok etmadi.
“Rossiya va Xitoy qarshi ovoz berdi. Vyetnam, Hindiston, Keniya, Namibiya, Pokiston, Saudiya Arabistoni va Janubiy Afrika betaraf qoldi. Burundi va Liviya delegatsiyalari ovoz berishda qatnashmadi”, deya ta’kidlangan xabarda.
MAGATEdagi Rossiya missiyasi xulosasiga ko‘ra, ushbu qaror noto‘g‘ri va insoniyatning ko‘p soni qismi yashaydigan davlatlari uni ma’qullamagan.
"17 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan MAGATE Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishida Ukrainadagi yadroviy xavfsizlik, xavfsizlik va kafolatlar bo‘yicha noprofessional, agentlik vakolatiga kirmaydigan va haqiqatda noto‘g‘ri rezolyutsiya qabul qilindi. Bu MAGATE ishini siyosiylashtirishga qaratilgan yana bir qadamdir”, - deyiladi xabarda.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi ularda Kiyevning “iflos bomba” qo‘llash rejalari haqida ma’lumotlar borligi va bunda Moskvani ayblamoqchiligi haqida xabar bergan edi. Shundan so‘ng MAGATE yadroviy obyektlarni o‘rganish uchun Ukrainaga inspektorlar guruhini yubordi. Agentlik rahbari Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv vaqtida ekspertlar “iflos bomba” tayyorlanayotgani belgilarini topa olmagan.
Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanovning ta’kidlashicha, agentlikning ikki inspektori Ukrainaning uchta obyektiga, jumladan, qo‘mondonlik obyektlariga tashrif buyurgan, tekshiruv esa bir necha soat davom etgan.