https://oz.sputniknews.uz/20221118/qurilish-obektlarini-royxatga-olish-va-foydalanishga-topshirish-jarayonlari-raqamlashtiriladi-30086844.html
Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olish va foydalanishga topshirish jarayonlari raqamlashtiriladi
Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olish va foydalanishga topshirish jarayonlari raqamlashtiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident qurilish jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida yangi qaror imzoladi. 18.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-18T18:56+0500
2022-11-18T18:56+0500
2022-11-18T18:56+0500
jamiyat
qurilish
yangi qaror
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/07/21685034_0:163:1733:1138_1920x0_80_0_0_ec3ece830bf14fb77f638f7e5868dd5b.jpg
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi. Bu haqida prezident imzolagan PQ–425-sonli qarorda nazarda tutilgan.Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.Axborot tizimida 2023-yil 1-yanvarga qadar dasturlar va loyihalarning ro‘yxatlarini yuritish, ularga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar aks ettiriladi.Shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.Hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.Har chorakda viloyat, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar qurilish sohasida korrupsiya va qonun buzilishi holatlarining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borishadi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq uy sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro qurilayotgan uyning ro‘yxatdan o‘tganligini onlayn tekshirishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligi elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini tekshirishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/07/21685034_0:0:1733:1300_1920x0_80_0_0_f818fcfe25f132f5f4fa738cb0d8fdcb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qurilish, yangi qaror
jamiyat, qurilish, yangi qaror
Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olish va foydalanishga topshirish jarayonlari raqamlashtiriladi
Prezident qurilish jarayonning ochiqligi va shaffofligini yanada oshirish maqsadida yangi qaror imzoladi.
TOShKENT, 18 noya — Sputnik. Qurilish obyektlarini ro‘yxatga olishdan foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar raqamlashtiriladi. Bu haqida prezident imzolagan PQ–425-sonli qarorda nazarda
tutilgan. Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan tegishli davlat dasturlari va loyihalari doirasida obyektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanadi.
Axborot tizimida 2023-yil 1-yanvarga qadar dasturlar va loyihalarning ro‘yxatlarini yuritish, ularga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar aks ettiriladi.
Shuningdek, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining mobil ilovasi yaratiladi.
Hokim yordamchisi, mahalla faollari va yoshlar yetakchilari, ommaviy axborot vositalari va boshqa jamoat tashkilotlari tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ustidan jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi.
Har chorakda viloyat, tuman (shahar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar qurilish sohasida korrupsiya va qonun buzilishi holatlarining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilikka axborot berib borishadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uy sotib olmoqchi bo‘lgan fuqaro qurilayotgan uyning ro‘yxatdan o‘tganligini onlayn tekshirishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Uy sotib olayotgan fuqaro xususiy tadbirkorlar tomonidan qurilayotgan uyning Qurilish vazirligi elektron platformasidan ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganligini tekshirishi
mumkin.