https://oz.sputniknews.uz/20221118/qirgiziston-parlamenti-ozbekiston-bilan-chegara-kelishuvini-ratifikatsiya-qildi-30076138.html
Qirg‘iziston parlamenti O‘zbekiston bilan chegara kelishuvini ratifikatsiya qildi
Qirg‘iziston parlamenti O‘zbekiston bilan chegara kelishuvini ratifikatsiya qildi
Sputnik O‘zbekiston
Jogorku Kenesh deputatlari suv ombori va chegarani delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi kelishuvlarni qabul qildi. 18.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-18T11:02+0500
2022-11-18T11:02+0500
2022-11-18T11:02+0500
jamiyat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
chegara
o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat
shartnoma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/11/30050662_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_ba365123eb1c4a3ef5256301b903bcab.jpg
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Kecha, 17-noyabr kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputatlari O‘zbekiston bilan bahsli bo‘lib qolayotgan davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri xabar berdi.Qirg‘iz parlamenti deputatlari, shuningdek, Kampirobod (Andijon) suv omborini O‘zbekistonga berish bo‘yicha kelishuvni ham ko‘rib chiqdi.Suv ombori bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilishga 65 nafar deputat rozi, 18 nafari qarshi bo‘ldi. Shu tariqa har ikki hujjat qabul qilindi.Kampirobod suv ombori (O‘zbekistonda Andijon deb ataladi) Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegara hududida joylashgan. Ikki davlat o‘rtasidagi chegarani delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasiga ko‘ra, suv omborini suv resurslarini birgalikda taqsimlash qoidalarini saqlab qolgan holda 19 ming gektar bahsli hududlar evaziga O‘zbekistonga o‘tkazish rejalashtirilgan. Qirg‘izistonda Kampirobod suv omboridan voz kechmaslik talabi bilan bir qancha aksiya va mitinglar o‘tkazildi.Shu o‘rinda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar qariyb o‘n yillik sezilarli sovuqlikdan so‘ng 2017-yilda faollashdi. O‘sha yili tomonlar davlat chegarasi to‘g‘risida muvaqqat shartnoma imzoladilar, unga ko‘ra ikki davlat tarixida birinchi marta davlat chegarasi chizig‘ining qariyb 85 foizi belgilandi. 2017-yil oktabr oyida hujjat kuchga kirdi. 2022-yilning noyabrida tomonlar delimitatsiya va demarkatsiya jarayonini yakunlashga kelishib oldilar.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/11/30050662_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d886b6e40020d6556674efb9a9a52e3a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, chegara, o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat, shartnoma
jamiyat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, chegara, o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat, shartnoma
Qirg‘iziston parlamenti O‘zbekiston bilan chegara kelishuvini ratifikatsiya qildi
Jogorku Kenesh deputatlari suv ombori va chegarani delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi kelishuvlarni qabul qildi.
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Kecha, 17-noyabr kuni Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputatlari O‘zbekiston bilan bahsli bo‘lib qolayotgan davlat chegarasini delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi kelishuvni ratifikatsiya qildi. Bu haqda RIA Novosti muxbiri
xabar berdi.
Deputatlar birdaniga uchta o‘qishda ovoz berishdi. Bitimni ratifikatsiya qilish uchun 64 deputat yoqlab, 19 kishi qarshi ovoz berdi.
Qirg‘iz parlamenti deputatlari, shuningdek, Kampirobod (Andijon) suv omborini O‘zbekistonga berish bo‘yicha kelishuvni ham ko‘rib
chiqdi.
Suv ombori bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilishga 65 nafar deputat rozi, 18 nafari qarshi bo‘ldi. Shu tariqa har ikki hujjat qabul qilindi.
Kampirobod suv ombori (O‘zbekistonda Andijon deb ataladi) Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegara hududida joylashgan. Ikki davlat o‘rtasidagi chegarani delimitatsiya qilish to‘g‘risidagi shartnoma loyihasiga ko‘ra, suv omborini suv resurslarini birgalikda taqsimlash qoidalarini saqlab qolgan holda 19 ming gektar bahsli hududlar evaziga O‘zbekistonga o‘tkazish rejalashtirilgan. Qirg‘izistonda Kampirobod suv omboridan voz kechmaslik talabi bilan bir qancha aksiya va mitinglar o‘tkazildi.
Shu o‘rinda Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar qariyb o‘n yillik sezilarli sovuqlikdan so‘ng 2017-yilda faollashdi. O‘sha yili tomonlar davlat chegarasi to‘g‘risida muvaqqat shartnoma imzoladilar, unga ko‘ra ikki davlat tarixida birinchi marta davlat chegarasi chizig‘ining qariyb 85 foizi belgilandi. 2017-yil oktabr oyida hujjat kuchga kirdi. 2022-yilning noyabrida tomonlar delimitatsiya va demarkatsiya jarayonini yakunlashga kelishib oldilar.