Putin va Erdog‘an Turkiyada yirik gaz xabi yaratish masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto
Prezident RF Vladimir Putin, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Prezidentlar yirik loyihani amalga oshirish borasida fikr almashdi
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an telefon orqali suhbatda Turkiyada yirik gaz xabi yaratish tashabbusini muhokama qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari atroflicha muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy aloqalarning ijobiy dinamikasi, tizimli ravishda muhim qo‘shma loyihalar, jumladan, atom energetikasi sohasida ham ilgari surilayotgani qayd etildi. Rossiya prezidenti oktabr oyida taklif qilgan va Rajab Toyyib Erdog‘an qo‘llab-quvvatlagan Turkiyada yirik gaz xabini tashkil etish tashabbusini amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi”, - deyiladi Kreml xabarida.

Avvalroq Putin va Erdog‘an Turkiyada gaz xabini tashkil etish rejasini batafsil va tezkorlik bilan ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergan edi, bu orqali, xususan, Rossiya Federatsiyasi gaz tranzitini “Shimoliy oqim”dan Qora dengiz mintaqasi va Turkiyaga o‘tkazishi mumkin. Erdog‘an Yevropa Rossiya gazini Turkiya orqali oladi, deb hisoblayapti.
Turkiya energetika vaziri Fotih Do‘nmez RF prezidenti tomonidan Turkiyada tashkil etish taklif qilingan gaz taqsimlash markazi mamlakatning Yevropa qismidagi Frakiyada joylashtirilishini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Turkiyada iste’mol qilinadigan gazning qariyb 44 foizini Rossiya yetkazib beradi.
Yangiliklar lentasi
0