Ayrim tashkilotlarga dron olib kelishga ruxsat berildi

© unsplash.com/Jason BlackeyeDron. Illyustrativnoe foto.
Dron. Illyustrativnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Turizm vazirligi, YuNESKO va yana ayrim tashkilotlarga O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirishga ruxsat berildi.
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. Vazirlar Mahkamasi 15-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.
Hujjatda eslatilishicha, respublika hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Shu bilan birga, quyidagi subyektlar tomonidan ularni (va butlovchi qismlarini) olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki foydalanishga ruxsat beriladi:
Turizm va madaniy meros vazirligi;
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” DUK;
“Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi;
YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi.
Qarorga muvofiq:
vazirlik, idoralar va xo‘jalik subyektlariga Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va ularning butlovchi qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin;
respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni respublika hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan beriladi.
Eslatib o‘tamiz, jismoniy shaxslar tomonidan, tegishli ruxsatnomasiz uchuvchisiz uchish apparatlarni O‘zbekistonga olib kirish yoki ulardan foydalanish - amaldagi qonunchilik bilan jinoiy javobgarlik belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0