AQShda Ukrainaga va’da qilingan ba’zi qurollar zaxirasi tugayapti – OAV

© AFP 2023 / FADEL SENNAPuskovaya ustanovka amerikanskoy visokomobilnoy artilleriyskoy raketnoy sistemi M142 (HIMARS) proyezjayet vo vremya voyennix ucheniy "Afrikanskiy lev" v rayone Grir-Labuixi na yugo-vostoke Marokko, 21-iyunya 2022 goda
Puskovaya ustanovka amerikanskoy visokomobilnoy artilleriyskoy raketnoy sistemi M142 (HIMARS) proyezjayet vo vremya voyennix ucheniy Afrikanskiy lev v rayone Grir-Labuixi na yugo-vostoke Marokko, 21-iyunya 2022 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Qo‘shma Shtatlarda Ukrainaga berish mumkin bo‘lgan cheklangan miqdorda qurol-yarog‘ qolgan.
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. AQShda Ukraina uchun ba’zi yuqori texnologiyali qurol-yaroq tizimlari va o‘q-dorilar zaxirasi tugab bormoqda, deb xabar qildi CNN, AQSh rasmiylariga tayanib.
Manbalardan birining aytishicha, ba’zi qurol-yarog‘ zaxiralari Kiyevga to‘qqiz oy davomida yetkazib berilishi natijasida “kamaymoqda”. Suhbatdoshning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga yuborishi mumkin bo‘lgan cheklangan miqdorda qurol-yarog‘ mavjud.
Xususan, 155 millimetr kalibrli snaradlar va Stinger havo mudofaa tizimlari zaxiralari xavotir uyg‘otapti. Telekanalning boshqa suhbatdoshlari Qo‘shma Shtatlarda qo‘shimcha qurol tizimlari, jumladan HARM antiradar raketalari, GMLRS reaktiv raketalari va tankga qarshi Javelin raketalarini ishlab chiqarish holatidan xavotir bildirdi.
Ba’zi amerikalik rasmiylar Vashington hech qachon o‘z tayyorgarligini xavf ostiga qo‘ymasligini va har bir partiya qurolning mamlakatning strategik zaxiralari va harbiy rejalariga ta’siri baholanishini aytdi, deb xabar berdi telekanal
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Baydenning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Oq uy Ukrainaga yordam ko‘rsatish sur’atini sekinlashtirishni rejalashtirmayotganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berilayotgani sababli NATO mamlakatlariga nota yuborgan edi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qayd etishicha, Kiyev uchun qurol ortilgan har qanday yuk Moskvaning qonuniy nishoniga aylanadi. Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga G‘arbdan qurol-yarog‘lar yuborilishi Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi va, aksincha, salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0