AQShda respublikachilar Ukrainaga ajratgan pullar qayerga ketganini tekshirmoqchi

© AP Photo / J. Scott ApplewhiteFlagi SShA i Ukraini na fone Kapitoliya.
Flagi SShA i Ukraini na fone Kapitoliya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.11.2022
Obuna bo‘lish
Respublikachilar Entoni Blinkendan Davlat departamenti kripto birjasiga investitsiya kiritgani haqidagi ma’lumotga izoh berishni talab qilishdi.
TOShKENT, 18 noya - Sputnik. AQSh Kongressining bir guruh respublikachi deputatlari Davlat kotibi Entoni Blinkenga Kiyevga ajratilgan yordam bo‘yicha audit o‘tkazish talabi bilan maktub yo‘lladi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Ukrainaga krushish uchun yordam berish maisadida yuborilgan soliq to‘lovchilarning milliardlab dollarlari AQShdagi oraliq saylovlarda demokratlarga yirik xayriyalar qilgan FTX kriptovalyuta birjasiga sarmoya sifatida kiritilgani haqida ma’lumotlar oldik”, - deyiladi xatda.

Hujjatda aytilishicha, mart oyida Ukraina hukumati FTX kripto birjasi bilan hamkorlikda xayriya yig‘ish uchun veb-sayt ochgan. Bu prezident Jo Bayden Kiyevga milliardlab dollar yordam va’da qilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘lgan.
Respublikachilar Ukraina ajratilgan mablag‘larning bir qismini FTX’ga sarmoya qilib, Demokratik partiyaning Kongressda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritishiga yordam bergan bo‘lishi mumkinligidan xavotirda.
Qonunchilar Blinkendan Davlat departamenti kripto birjasiga ehtimoliy investitsiyalarni tekshirayotgani yoki harakatsizligi haqida hisobot berishni talab qilishdi.
Maktub qonunchilar Troy Nels, Lui Gomert, Meri Miller va Bayron Donalds va boshqalar tomonidan imzolangan.
O‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda respublikachilar Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi. Demokratlar Senat ustidan nazoratni saqlab qolishdi. Respublikachilar partiyasi a’zolari Baydenning Kiyevni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash siyosatini qayta-qayta tanqid qilib, agar saylovlarda g‘alaba qozonishsa, nazoratni kuchaytirish bilan tahdid qilgandi.
Bahorda Kongress AQSh prezidenti ma’muriyatiga Ukrainaga harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatish uchun qariyb 40 milliard dollar ajratdi. Oktabr oyida Bayden AQSh hukumatini dekabr oyi o‘rtalarigacha moliyalashtirish, shu jumladan bu maqsad uchun qo‘shimcha 12,4 milliard dollar ajratish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.
Rossiya harbiy amaliyoti fonida AQSh va uning ittifoqchilari Ukrainaga qurol jo‘natishda davom etmoqda. Bayden lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Moskva G‘arb harbiy texnikasini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, G‘arb qurollari ortilgan avtomobillar Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0