Madaniyat

Toshkentda "Rossiya-Oʻzbekiston madaniyat sohasida taʼlim" forumi boshlandi

© Russkiy Dom v TashkenteRossiysko-uzbekskiy forum obrazovaniya v sfere kulturы
Rossiysko-uzbekskiy forum obrazovaniya v sfere kulturы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanʼat va madaniyat instituti va Sankt-Peterburg davlat kino va televideniye instituti oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
TOSHKENT, 17 noya - Sputnik. Bugun 17 noyabr kuni Toshkentda Rossiya-Oʻzbekiston madaniyat sohasida taʼlim forumi boshlandi.
Forumning ochilish marosimida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirining oʻrinbosari Nadejda Reverend tabrik soʻzi bilan chiqdi.
Forum doirasida koʻrgazma, ijodiy seminarlar va yalpi muhokamalar tashkil etildi, Rossiya Federatsiyasi mintaqalarining madaniy salohiyati taqdimoti ham boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanʼat va madaniyat instituti va Sankt-Peterburg davlat kino va televideniye instituti oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ertaga, 18 noyabr kuni Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikka bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir doirasida forum ishtirokchilari Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganining 30 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazmaga tashrif buyurishadi hamda muzeychilik sohasiga oid innovatsion usullar, qoʻshma ilmiy loyihalarni muhokama qiladilar.
Yangiliklar lentasi
0