Rossiyalik olimlar Marsga uchish jarayonini o‘rganishga kirishishdi

© Depositphotos / SdecoretMars vo vremya vosxoda solnsa
Mars vo vremya vosxoda solnsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Marsga uchish taxminan bir yil davom etishi mumkin, bu esa tegishli yukga bardosh bera oladigan kosmik kemani talab qiladi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Sankt-Peterburg davlat universiteti olimlari magnitli qayta ulanish deb ataladigan jarayonni modellashtirish uchun uch yillik grant yutib olishdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Grantga Xitoyning Harbin politexnika universiteti bilan hamkorlikda ega chiqishgan. Marsga uchish taxminan bir yil davom etishi mumkin, bu esa tegishli yukga bardosh bera oladigan kosmik kemani talab qiladi.

“Buni amalga oshirish uchun kosmik nurlanishning kelajakdagi kema va inson tuzilmalariga ta’sirini batafsil o‘rganish talab etiladi. Buning uchun, yuqori energiyali zaradlangan zarralarni "yaratuvchi" magnitni qayta ulash jarayonini o‘rganish kerak bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Xitoyning Harbin shahrida qurilayotgan kosmik tezlatkich markazidan maqsad insonlar uchun xavfli yuqori energiyali zarrachalar bilan to‘ldirilgan koinot muhitini o‘rganishdan iborat bo‘ladi.
“Kosmosda va laboratoriya plazmasida magnitni qayta ulash” loyihasi ustida hamkorlikda ish olib borilayotganda: xitoylik olimlar kompyuter simulyatsiyasi va empirik modellashtirish” mavzusida diametri 6 metr va uzunligi 10 metr bo‘lgan ulkan vakuumli silindrsimon kamerada sun’iy magnitosferani yaratishadi.
Bu magnit maydonni o‘lchash uchun ichkariga bir necha o‘nlab datchiklarni joylashtirish imkonini beradi, buning asosida fiziklar kamerada sodir bo‘ladigan magnit qayta ulanish jarayonlarini va tezlashtirilgan zarrachalar hosil bo‘lishini taqlid qilishlari mumkin.
Ushbu loyihada Yer magnitosferasini modellashtirish jarayonida takomillashtirilgan usullar Harbin inshootida olingan ma’lumotlarga tatbiq etiladi.
Yangiliklar lentasi
0