“Rossiya liderlari” tanlovida g‘olib bo‘lgan xorijliklarga Rossiya fuqaroligi berildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPerviy zamglavi administratsii prezidenta S. Kiriyenko vruchil pasporta finalistam konkursa "Liderov Rossii"
Perviy zamglavi administratsii prezidenta S. Kiriyenko vruchil pasporta finalistam konkursa Liderov Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
Ular orasida Belarus, Armaniston, Isroil, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari bor.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. “Rossiya liderlari” (“Lideri Rossii”) xalqaro tanlovida g‘olib bo‘lgan chet elliklarga Rossiya fuqaroligi berildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Kremlning Yekaterina zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda ularga Rossiya pasportini Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko topshirgan.
Tanlovda g‘olib chiqqan 14 xorijlik Rossiya pasportini olgan. Ular orasida Belarus, Armaniston, Isroil, Ozarbayjon, O‘zbekiston va Qozog‘iston vakillari bor. Yaqin kunlarda yana to‘rt nafar sovrindorga Rossiya fuqaroligi beriladi.
“Qayerda bo‘lmasin, har bir kishi o‘z tanlovini qiladi, va men prezident topshirig‘i bilan taqdir taqozosi bilan Rossiya hududida yashamagan kishilarga Rossiya fuqarosi pasportini topshirishdan shodman”, - dedi Kiriyenko.
“Rossiya liderlari” tanlovi finalchilari Rossiya fuqaroligini olishi bahorda ma’lum bo‘lgan edi. Tanlovda 150 nafar xorijlik qatnashgan, ulardan 70 nafari finalgacha yetib kelgan.
“Rossiya liderlari” – bu yangi avlod rahbarlari uchun ochiq tanlov. Bu prezidentning “Rossiya – imkoniyatlar mamlakati” platformasi loyihasi.
Yangiliklar lentasi
0