O‘zgidromet tog‘li hududlardagi qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi
© Sputnik / Ovchinnikovsnejnaya lavina.
© Sputnik / Ovchinnikov
Obuna bo‘lish
18-22 noyabr kunlari respublikaning 6 ta viloyatining tog‘li tumanlarida qor ko‘chish xavfi bor.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. 18-22 noyabr kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor.
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, quyidagi hududlarda qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin tumani
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq,tumani va Chotqol tizmasining Chimon tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlari.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.