https://oz.sputniknews.uz/20221117/nato-davlatlari-ukraina-sabab-oz-mudofaa-kuchlari-zaxirasiz-qolishidan-xavotirda-30061182.html
NATO davlatlari Ukraina sabab o‘z mudofaa kuchlari zaxirasiz qolishidan xavotirda
NATO davlatlari Ukraina sabab o‘z mudofaa kuchlari zaxirasiz qolishidan xavotirda
Sputnik O‘zbekiston
NATO Ukrainaga yana qurol yetkazib berishdan xavotirga tushdi. 17.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-17T17:13+0500
2022-11-17T17:13+0500
2022-11-17T17:13+0500
dunyoda
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22390347_0:83:3076:1813_1920x0_80_0_0_6b71ea33847bc9c121cc673f2891264b.jpg
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. NATO davlatlari Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishning davom etishi tufayli o‘z mudofaa kuchlari zaruriy harbiy texnika zaxiralarisiz qolishidan xavotirda. Bu haqida RIA Novosti Foreign Policy sharhlovchilariga tayanib xabar berdi.Aytilishicha, Bosh kotib Yens Stoltenberg Ukrainaga yordam berishda davom etish haqida gapirayotgan bir paytda NATOda a’zo davlatlar zaxiralari Shimoliy Atlantika shartnomasi bo‘yicha mudofaa majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajadan pastga tushib qolsa, ularni qanday qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilinmoqda.Maqolada keltirilishicha, Vashingtonda Bayden ma’muriyati va NATO ittifoqchilari yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish va zarur harbiy texnika ishlab chiqarishni ko‘paytirishlari kerak bo‘lgani haqida muhokamalar bo‘lmoqda.Amerika qurol ishlab chiqaruvchilari mojaro barcha buyurtmalarni to‘ldirmasdan tugashidan qo‘rqishadi, yevropaliklar esa ishlab chiqarishni ko‘paytirish niyatida emas.Mualliflarning ta’kidlashicha, AQSh va NATO rasmiylari mojaroning aniq yakunini ko‘rgani yo‘q va G‘arb harbiylari uzoq vaqt o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/1a/22390347_166:100:2520:1865_1920x0_80_0_0_3bfd3fce7a7863a570fe725f34541278.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, nato
NATO davlatlari Ukraina sabab o‘z mudofaa kuchlari zaxirasiz qolishidan xavotirda
NATO Ukrainaga yana qurol yetkazib berishdan xavotirga tushdi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. NATO davlatlari Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishning davom etishi tufayli o‘z mudofaa kuchlari zaruriy harbiy texnika zaxiralarisiz qolishidan xavotirda. Bu haqida RIA Novosti Foreign Policy sharhlovchilariga tayanib xabar
berdi. "Menimcha, hozir hamma yetarli darajada xavotirda", deb yozadi mualliflar alyans mansabdoridan iqtibos keltirib.
Aytilishicha, Bosh kotib Yens Stoltenberg Ukrainaga yordam berishda davom etish haqida gapirayotgan bir paytda NATOda a’zo davlatlar zaxiralari Shimoliy Atlantika shartnomasi bo‘yicha mudofaa majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan darajadan pastga tushib qolsa, ularni qanday qo‘llab-quvvatlash masalasi muhokama qilinmoqda.
Maqolada keltirilishicha, Vashingtonda Bayden ma’muriyati va NATO ittifoqchilari yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish va zarur harbiy texnika ishlab chiqarishni ko‘paytirishlari kerak bo‘lgani haqida muhokamalar bo‘lmoqda.
“NATO aslida bunday mojarolarni olib borishni rejalashtirmayapti va bu bilan men artilleriya tizimlari va ko‘p sonli tank va artilleriya snaradlaridan o‘ta intensiv foydalanish bilan urushlarni nazarda tutapman. Biz hech qachon bunday urushga tayyor emas edik”, deydi Amerika tadbirkorlik institutining katta ilmiy xodimi Frederik Kagan.
Amerika qurol ishlab chiqaruvchilari mojaro barcha buyurtmalarni to‘ldirmasdan tugashidan qo‘rqishadi, yevropaliklar esa ishlab chiqarishni ko‘paytirish niyatida emas.
"Aslida ular "pulni ko‘rsatinglar" deyishmoqda. Ular urush tugashi, buyurtmalar to‘xtashi va ularni o‘rnini to‘ldirishga buyurtmasi bo‘lmagan kengaytirilgan zavodlar qolishidan qo‘rqishadi", deydi Pentagonning kuchlar tuzilishi va investitsiyalar bo‘limining sobiq rahbari Mark Kansian.
Mualliflarning ta’kidlashicha, AQSh va NATO rasmiylari mojaroning aniq yakunini ko‘rgani yo‘q va G‘arb harbiylari uzoq vaqt o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda.