Maktablarda "Yo‘l harakati xavfsizligi" xonalari tashkil etiladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishIzuchenie shkolnikami pravil dorojnogo dvijeniya
Izuchenie shkolnikami pravil dorojnogo dvijeniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna bo‘lish
2023 yildan boshlab umumta’lim maktablarida joriy etilishi mo‘ljallanayotgan "Yo‘l harakati xavfsizligi xonasi" va "Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon" eskiz loyihalari tayyorlandi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Umumta’lim maktablarida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi alohida sinfxonalari tashkil etiladi. Bu haqida Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti xabar berdi.
Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida malaka oshirayotgan maktab direktorlari uchun seminar tashkil etdi.
Unda 2023-yildan boshlab umumta’lim maktablarida joriy etilishi mo‘ljallanayotgan "Yo‘l harakati xavfsizligi xonasi" va "Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon" eskiz loyihalari namoyish etildi.
“Mazkur loyihalarda maktab o‘quvchilarida yoshlikdan yo‘l harakati ko‘nikmalarini shakllantirish va bu orqali turli noxush holatlarning oldini olish ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarda ko‘ngilli yoshlar ishtirokida yo‘l harakati qoidalarini faol targ‘ib qiluvchi “Yo‘l harakati qoidalari yosh targ‘ibotchisi” klubi hamda “Yashil chiroq” musobaqasi tashkil etilishi ma’lum qilingandi. Bu bo‘yicha Hukumatning tegishli qarori bilan, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining hududiy boshqarmalarida maktablar bilan hamkorlikda xizmat qiladigan katta inspektor lavozimi joriy etildi.
Yangiliklar lentasi
0