https://oz.sputniknews.uz/20221117/keyin-bunday-muvaffaqiyatli-shartnoma-tuzish-qiyin-boladi---japarov-chegara-shartnomasi-haqida-30049909.html
Keyin bunday muvaffaqiyatli shartnoma tuzish qiyin bo‘ladi - Japarov chegara haqida
Keyin bunday muvaffaqiyatli shartnoma tuzish qiyin bo‘ladi - Japarov chegara haqida
Sputnik O‘zbekiston
Ayni vaqtda mamlakat parlamentida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha kelishuvlar ko‘rib chiqilmoqda. Prezident qayd etishicha, muammo hozir hal qilinmasa, unda bunday... 17.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-17T11:24+0500
2022-11-17T11:24+0500
2022-11-17T11:46+0500
dunyoda
qirg‘iziston
o‘zbekiston
o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/11/30057124_0:0:2048:1153_1920x0_80_0_0_7d43c0312d5e1a92929c4bbb9776ce1d.jpg
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha muammo hozir hal qilinmasa, keyin bunday muvaffaqiyatli shartnoma tuzish qiyin bo‘ladi, dedi Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov parlament majlisida. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.Ayni vaqtda Qirg‘iziston parlamentida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni ma’qullash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Japarov ushbu kunni tarixiy imkoniyat deb atamoqda. Qirg‘iziston prezidenti o‘z so‘zida qo‘shni O‘zbekiston taraqqiyotda 30-40 yil oldinga o‘tganini aytib o‘tdi.Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar 2022-yilning 3-noyabr kuni Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida erishilgan kelishuvlarga doir qonun loyihalarini qabul qilishdi.Qonun loyihalari bilan o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining 35 ta uchastkasini o‘z ichiga olgan umumiy uzunligi 302,29 kilometrdan iborat chegara chizig‘ini delimitatsiya qilish ishlarini yakuniga yetkazish nazarda tutilmoqda. O‘zbek - qirg‘iz chegarasining umumiy uzunligi 1500 kilometrga yaqin.
qirg‘iziston
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/11/30057124_209:0:1876:1250_1920x0_80_0_0_05572b142459ef98745bd8ab0c9df365.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, o‘zbekiston, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
dunyoda, qirg‘iziston, o‘zbekiston, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
Keyin bunday muvaffaqiyatli shartnoma tuzish qiyin bo‘ladi - Japarov chegara haqida
11:24 17.11.2022 (yangilandi: 11:46 17.11.2022) Ayni vaqtda mamlakat parlamentida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha kelishuvlar ko‘rib chiqilmoqda. Prezident qayd etishicha, muammo hozir hal qilinmasa, unda bunday muvaffaqiyatli shartnoma tuzish qiyin bo‘ladi.
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. O‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha muammo hozir hal qilinmasa, keyin bunday muvaffaqiyatli shartnoma tuzish qiyin bo‘ladi, dedi Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov parlament majlisida. Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.
Ayni vaqtda Qirg‘iziston parlamentida o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni ma’qullash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Japarov ushbu kunni tarixiy imkoniyat deb atamoqda.
“Biz berayotganimiz yo‘q, balki ilgari bergan yerlarimizni qaytarib olmoqdamiz. Kelishuvlar mohiyati tarix tomonidan baholanadi, gap milliy xavfsizlik haqida ketmoqda. Ba’zi deputatlar Japarov o‘ziga bosh og‘rig‘i yaratmasdan ko‘rib chiqishni keyinga qoldirishi mumkinmi, deb so‘rashdi... Bunday bo‘lmaydi. Muammoni hozir hal qilmasak, keyin bunday muvaffaqiyatli shartnoma tuzish qiyin bo‘ladi. Ehtimol, imkoniyat ham bo‘lmas. Yildan-yilga qo‘shni davlatlarda aholi soni ko‘payib bormoqda. Agar masalani hal qilishni keyinga sursak, nafaqat 19 ming gektar, balki bir sotixga qon to‘kiladi. Chegaradagi mojarolar tufayli 30-yil ichida qancha tinch aholi va chegarachilar halok bo‘lganini o‘zingiz ham bilasiz”, deydi prezident.
Qirg‘iziston prezidenti o‘z so‘zida qo‘shni O‘zbekiston taraqqiyotda 30-40 yil oldinga o‘tganini aytib o‘tdi.
“O‘zbekiston tomonining kallasi yaxshi ishlaydi, shuning uchun O‘zbekiston bizdan 30-40 yil oldinda. Biz hali ham baqirishda davom etamiz [namoyish qilish]. Men samolyotlar, vertolotlar haqida gapirmayapman, 30-yildan beri gugurt ishlab chiqaradigan zavod ham qurmaganmiz”, - dedi Sadir Japarov.
Eslatib o‘tamiz, 14-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar 2022-yilning 3-noyabr kuni Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida erishilgan kelishuvlarga doir qonun loyihalarini qabul qilishdi.
Qonun loyihalari bilan o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining 35 ta uchastkasini o‘z ichiga olgan umumiy uzunligi 302,29 kilometrdan iborat chegara chizig‘ini delimitatsiya qilish ishlarini yakuniga yetkazish nazarda
tutilmoqda. O‘zbek - qirg‘iz chegarasining umumiy uzunligi 1500 kilometrga yaqin.