Jamiyat

"Istiqlol" majmuasida Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari boshlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovGlavnaya Yelka Uzbekistana 2021 god
Glavnaya Yelka Uzbekistana 2021 god - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari sababli majmua 15 noyabrdan 20 dekabrga qadar jamoat uchun yopildi.
TOSHKENT, 17 noya — Sputnik. Yangi Oʻzbekiston bogʻidagi "Istiqlol" majmuasi Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari sababli vaqtincha yopildi.

“Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramiga tayyorgarlik ishlari sababli majmua 15 noyabrdan - 20 dekabrga qadar jamoat uchun ishlamasligini maʼlum qilamiz”, - deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, bogʻ hududidagi "Istiqlol" majmuasida Oʻzbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk ishlari, Oʻzbekistonning yangi qiyofasi namoyon etilgan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili “Yangi Oʻzbekiston” istirohat bogʻida Xitoydan olib kelingan, balandligi 35 m, diametri esa 15 m teng boʻlgan Oʻzbekistonning bosh archasi oʻrnatilgandi.
Yangiliklar lentasi
0