https://oz.sputniknews.uz/20221117/buxoroda-ilk-bor-ochiq-yurakda-murakkab-operatsiya-otkazildi-30049323.html
Buxoroda ilk bor ochiq yurakda murakkab operatsiya o‘tkazildi
Buxoroda ilk bor ochiq yurakda murakkab operatsiya o‘tkazildi
Sputnik O‘zbekiston
Bir guruh yetakchi mutaxassislar ishtirokida ochiq yurakda aorta-koronar shuntlash, mitral va aortal klapanlarni almashtirish operatsiyalari amalga oshirildi 17.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-17T12:14+0500
2022-11-17T12:14+0500
2022-11-17T12:14+0500
jamiyat
buxoro
jarrohlik amaliyoti
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/15/16053782_0:232:2819:1817_1920x0_80_0_0_42bb161c184e5da22709b03def11cc06.jpg
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Buxoroda ilk bor ochiq yurakda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ilk bor ochiq yurakda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar bajarish yo‘lga qo‘yildi.Aytilishicha, filialda kadrlar salohiyatini oshirish, jahondagi ilg‘or davolash-diagnostika usullari, kam invaziv muolaja turlarini amaliyotga joriy qilishga alohida e’tibor berilmoqda.Filial mutaxassislari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markazi, Hindistonning “Jaypee” klinikasi, Turkiyaning Bashkent universiteti gospitalia, Ozarbayjonning “Almaz akademy” o‘quv markazida malaka oshirib kelmoqda.Shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan kardioxirurgiya va angiografiya xizmatini Buxoro viloyatida keng tatbiq etish uchun zamon talablariga mos “Angioxirurgiya” binosi qad ko‘tarmoqda.Tahlillarga ko‘ra, jahonda yuz berayotgan o‘lim holatlarining qariyb 60 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/15/16053782_43:0:2774:2048_1920x0_80_0_0_c3333e4637f9ddaf48fba7a00d7e5944.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, buxoro, jarrohlik amaliyoti
jamiyat, buxoro, jarrohlik amaliyoti
Buxoroda ilk bor ochiq yurakda murakkab operatsiya o‘tkazildi
Bir guruh yetakchi mutaxassislar ishtirokida ochiq yurakda aorta-koronar shuntlash, mitral va aortal klapanlarni almashtirish operatsiyalari amalga oshirildi
TOShKENT, 17 noya — Sputnik. Buxoroda ilk bor ochiq yurakda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar
berdi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida ilk bor ochiq yurakda murakkab kardioxirurgik operatsiyalar bajarish yo‘lga qo‘yildi.
“Kuni kecha muassasada tajribali yurak-qon tomir jarrohi Mustafo Obeyd boshchiligidagi bir guruh yetakchi mutaxassislar ishtirokida ochiq yurakda aorta-koronar shuntlash, mitral va aortal klapanlarni almashtirish operatsiyalari amalga oshirildi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, filialda kadrlar salohiyatini oshirish, jahondagi ilg‘or davolash-diagnostika usullari, kam invaziv muolaja turlarini amaliyotga joriy qilishga alohida e’tibor berilmoqda.
Filial mutaxassislari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Rossiyaning A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi markazi, Hindistonning “Jaypee” klinikasi, Turkiyaning Bashkent universiteti gospitalia, Ozarbayjonning “Almaz akademy” o‘quv markazida malaka oshirib kelmoqda.
Shuningdek, mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan kardioxirurgiya va angiografiya xizmatini Buxoro viloyatida keng tatbiq etish uchun zamon talablariga mos “Angioxirurgiya” binosi qad ko‘tarmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, jahonda yuz berayotgan o‘lim holatlarining qariyb 60 foizi yurak-qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida kelib chiqmoqda.