https://oz.sputniknews.uz/20221116/yunesko-bilan-2022-2026-yillar-uchun-davlat-dasturi-imzolandi-30025645.html
YuNESKO bilan 2022-2026 yillar uchun davlat dasturi imzolandi
YuNESKO bilan 2022-2026 yillar uchun davlat dasturi imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
YuNESKO va O‘zbekiston hukumati bir qator kelishuvlarga erishishdi. 16.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-16T10:21+0500
2022-11-16T10:21+0500
2022-11-16T10:21+0500
siyosat
o‘zbekiston
yunesko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/10/30025492_0:82:1281:802_1920x0_80_0_0_3abd7290ad9d1cbbd396e70ae740e4a7.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. YuNESKO va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 2026-yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturi imzolandi.U O‘zbekistonda tinchlik va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini ilgari surish yo‘lida hamkorlik qilishni nazarda tutadi.Hujjatga ko‘ra, YuNESKO va O‘zbekiston hukumati bir qator kelishuvlarga erishdi. Xususan, YuNESKOning 2022–2029 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli strategiyasini amalga oshirishda hamkorlik qilinadi.Qolaversa, YuNESKO 2022–2026 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati birinchi donor bo‘lishi mumkin bo‘lgan 2022–2026 yillar davlat dasturi Harakat rejasi birgalikda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, YuNESKO O‘zbekiston uchun bir qancha imtiyozlarni ham taqdim etadi. Dastur 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/10/30025492_50:0:1229:884_1920x0_80_0_0_729bb54e2488b9f0f991518a14b2311f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, yunesko
siyosat, o‘zbekiston, yunesko
YuNESKO bilan 2022-2026 yillar uchun davlat dasturi imzolandi
YuNESKO va O‘zbekiston hukumati bir qator kelishuvlarga erishishdi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. YuNESKO va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 2026-yilgacha mo‘ljallangan davlat dasturi imzolandi.
U O‘zbekistonda tinchlik va barqaror taraqqiyot g‘oyalarini ilgari surish yo‘lida hamkorlik qilishni nazarda tutadi.
Hujjatga ko‘ra, YuNESKO va O‘zbekiston hukumati bir qator kelishuvlarga erishdi. Xususan, YuNESKOning 2022–2029 yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli strategiyasini amalga oshirishda hamkorlik qilinadi.
Qolaversa, YuNESKO 2022–2026 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati birinchi donor bo‘lishi mumkin bo‘lgan 2022–2026 yillar davlat dasturi Harakat rejasi birgalikda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, YuNESKO O‘zbekiston uchun bir qancha imtiyozlarni ham taqdim etadi. Dastur 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.