Vashington Kiyevni muzokaralarga majburlamoqda

© AP Photo / J. Scott ApplewhiteFlagi SShA i Ukraini na fone Kapitoliya.
Flagi SShA i Ukraini na fone Kapitoliya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
G‘arb rahabariyati Ukrainada g‘alabadan umidini uzdi va undan tezroq xalos bo‘lmoqchi, lekin Kiyev hozircha buni tan olishni istamayapti. Chunki bunday holda u barcha jinoyatlari uchun javob berishiga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Amerikaning nufuzli Politico nashri Kiyev rejimining yuqori bo‘g‘inida qandaydir hayajonlanish payqagan. Ukraina yetakchilarini AQShning Birlashgan shtab boshliqlari qo‘mitasi qo‘mondoni, ya’ni AQShning eng yuqori martabali harbiysi general Mark Millining so‘zlari cho‘chitib yuborgan.
Nyu-York Iqtisodiy klubi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Milli, Ukraina katta ehtimollik bilan harbiy g‘alabaga erisha olmasligini, qish esa Rossiya bilan muzokaralar uchun qulay vaqt bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Politico jurnalistlari Davlat departamenti va Mudofaa vazirligidagi manbalaridan bu mavzu haqida suishtirishgan va ular, anonimlik shartida, juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlarni to‘plashga muvaffaq bo‘lishgan.

Nashr yozishiga ko‘ra, ayni damda Amerika rahbariyati orasida Ukraina QK Melitopol va Mariupolni egallab olish arafasida turibli, qishda esa Qrimga kiri boradi, deb da’vo qiluvchi Ben Xodjes kabi "lochinlar" deyarli qolmagan.

General Xodjes uchun Qrim shaxsiy psixologik jarohat ekanligini tushunsa bo‘ladi. Axir 2014-yil bahorida u NATO ittifoqchilarining quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni edi va Qrimning Rossiya tarkibiga qaytarish bo‘yicha butun boshli operatsiyani payamay qolgan. Bu epik muvaffaqiyatsizlik uning ruhiyatida bir umrlik asorat qoldirgan. U nafaqaga chiqqanidan so‘ng, "Qrim kimning?" mavzusiga biroz berilib ketdi. Endi bo‘lsa u Ukrainani vaqtdan unumli foydalanishga va Qrimga bor kuch bilan hujumga o‘tishga chaqirmoqda.
Ammo boy berilgan jangda qayta g‘alaba qozonishga urinayotgan nafaqaxo‘r uchun bunday homxayol joiz bo‘lsa ham, AQSh rahbariyati bugungi vaziyatda hech qanday g‘alabaga umid qilayotgani yo‘q. Pentagon ushbu sharoitda Rossiya mudofaasini yorib o‘tish nafaqat qiyin bo‘lishini va Rossiya qo‘shinlarining Xersonni tark etishi bunga yordam bermasligini yaxshi tushunadi va buni Ukraina QK uchun o‘ta qiyin manyovr deb hisoblaydi. Juda ko‘p qurbonlar berish muqarrar bo‘lsada, g‘alabaga erishish mavhum.
"Nega yana 100 000 kishining hayotini qurbon qilish o‘rniga (tinchlik muzokaralarini) boshlamaysiz?" deb so‘raydi Politico AQSh ma’muriyatidagi manbaasidan.
Jurnalistlarning tan olishicha, Bayden ma’muriyati bugun Kiyevda rejimini qo‘llab-quvvatlash kamayib borayotganinidek taassurot qolmasligi uchun har xil hiyla-nayranglarga borishga majbur. Chunki aks holda butun dunyo Oq uyning barcha kafolatlari qanchalik qimmatga tushishini va u bilan muomala qilish qanchalik xavfli ekanligini bilib qoladi. Kiyev rejimi vakillariga u-bu va’da berilsada, Vashington esteblishmentida aftidan, Ukraina rahbariyatini Rossiya bilan muzokaraga undash kerak degan konsensus (umumiy xulosa) paydo bo‘lmoqda.
Xiyonat arvohi Kiyev ustidan aylanib uchayotgandek tuyuladi. Rejim hamkorlarning eng yuqori doiralarida qaror qabul qilinganga o‘xshaydi. Nezalejnaya esa bunday xabarlarni inkor qilishga shoshildi. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘zini muhim ishlaridan chalg‘itib, agar Rossiya “barcha bosib olingan hududlarni” tark etmasa, “Ukraina harbiylari hech qanday muzokaralar, kelishuvlar yoki murosa qarorlarini qabul qilmasligini” aytdi.
Biroq Jeyk Sallivan Zelenskiydan o‘z talablarida “ko‘proq realistik” bo‘lishini talab qilish uchun Kiyevga maxsus uchib kelgan. Bu allaqachon Kiyevning hududlardan voz kechishi zarurligini bildiruvchi Amerika uslubi.
Qiziq, Ukraina harbiylari prezident nihoyat muzokaralar stoliga o‘tirganda nima qilar ekan-a? Ehtimol davlat to‘ntarishga urinish bo‘lar? Yoki shunchaki oshxonada gorilka (ukrain arog‘i) bilan muhokama qilishadi xolos? Endi ular nima qilishlari qiziq. Chunki ular ulkan hududlarni (mamlakatning deyarli to‘rtdan bir qismini) boy berib qo‘yishgan, yuz minglab harbiy xizmatchilari qurbon bo‘lgan - bularning barchasi nima uchun bo‘ldi? Zelenskiy "bo‘ldi, muni qo‘limdan kelmadi " deb, mag‘lubiyatni tan olib, barcha ishlarni topshirib, Londonga ketganidan keyin. Bu Ukraina Qurolli Kuchlari uchun qandaydir haqoratli natija bo‘ladi. Dastlab ular boshqa narsani orzu qilgan bo‘lsa kerak.
Shundan so‘ng urush jinoyatlari uchun javobgarlik masalasi to‘liq paydo bo‘ladi. Biz Ukraina askarlari qaytib kelgan shaharlarda tinch aholiga nisbatan uyushtirgan dahshat va qatllarni ko‘rdik. Buning uchun UQK javob berishi kerak bo‘ladi.
Kiyev rejimi rahbari ham mavzu yuzasidan gapirdi. U Balida yig‘ilgan G20 davlatlari rahbarlarini “Ukrainadan murosa so‘ramaslikka” chaqirdi. Men janob Zelenskiy hozirning dolzarbligini tushunmaydi deb qo‘rqaman. Aslida, hech kim undan hech narsa so‘ramaydi. Mezbonlar Rossiya bilan muzokaralar uchun qachon va qanday foydalanishni o‘zaro muhokama qilishadi. Qachonki ular rozi bo‘lsa, hamma xohlaganini qiladi – Zelenskiydan so‘rashmaydi.
Chunki Amerika tuzumiga bir narsa ayon bo‘ldi – Ukraina tugadi. Endi bu zaharli aktivga aylanadi va undan qandaydir tarzda tezda qutulish chorasini ko‘rish kerak. Bundan tashqari, Kongressda Vakillar palatasini egallab olgan respublikachilar endi Independentga bir tiyin ham bermaslikni talab qilmoqda. Bu vaqt ichida ular barcha milliardlar noto‘g‘ri yo‘nalishda qayoqqadir ketayotganini payqashdi.
"Ukraina pul yuvish mashinasimi? Ukraina rasmiylari Lamborgini va Shveysariyadan uylar sotib olmoqda", deb e’tiroz bildirgan taniqli siyosiy faol Kandis Ouens bir necha kun oldin Fox News telekanalida
Yo‘g‘-e? Ha, Afg‘onistonda anan shunday “pul yuvish” 20-yil davom etgan bo‘lsa, Ukrainada bu darrov oshkor bo‘ldi.
Zelenskiy hech qanday muzokaralarni xohlamasligi aniq. Uning g‘arbiy homiylari uchun bu Zelenskiydan va Ukraina mavzusidan voz kechish va Tayvan kabi boshqa ishlar bilan shug‘ullanishi uchun ajoyib bahona. Ukrainaga yog‘ayotgan oltin yomg‘ir birdan quriydi. U xazinasi talon-taroj qilingan vayron bo‘lgan mamlakatga aylanadi. Uni kim tiklaydi, ziyofat kimning hisobidan bo‘ladi?
Respublikachilar hozirdanoq Yevropaga Ukrainani o‘z ta’minotiga olishi kerakligiga ishora qilmoqda. Yevropaliklar yo‘q demoqda. Ushbu tortishuv biroz cho‘zilib ketishi mumkin. Shu vaqt yangi g‘oya paydo bo‘ldi - Rossiyadan o‘g‘irlangan oltin-valyuta zaxiralarini Ukrainaga berish. Ammo o‘g‘rilar baham ko‘rishni istamaydi.
“Qaddafiyning oltinlarini Liviya xalqiga qaytaraylik!” degan baland hayqiriqlar ostida nima bo‘lganini hammamiz ko‘rdik. bu oltinlarning hammasi qayergadir g‘oyib bo‘ldi va Liviya xalqiga bir tiyin ham yetib bormadi. Yaqinda Afg‘onistonning zaxiralari xuddi shu sirli tarzda g‘oyib bo‘ldi. Venesuela oltini bilan ham muammolar bor edi. Bunday fokuslar oldida Devid Kopperfild “dam oladi”. Butun dunyo ko‘z o‘ngida yuzlab milliarlar yo‘qolib qolmoqda. Xuddi shu voqea Rossiya mablag‘lari bilan ham sodir bo‘lishi mumkin.
Keyin janob Zelenskiy o‘z sa’y-harakatlari tufayli vayron bo‘lgan mamlakat odamlari bilan yuzma-yuz qoladi, ularga maosh, pensiya to‘lay olmaydi - hech narsa. Bu yomon istiqbol, albatta. Va bunday vaziyatda unga muzokaralarning mulaq keragi yo‘q. Ukraina harbiylari ham aynan shu sababli muzokaralar mavzusidan qattiq nafratlanmoqda.
Shu sababli, Zelenskiy G20dagi onlayn nutqida Rossiya bilan muzokaralar uchun eng nomaqbul amalga oshirib bo‘lmaydigan shartlarni qo‘ydi. Bularning barchasi bema’nilik, albatta. Vazir Lavrov muloyimlik bilan aytganidek, shunchaki "ishlash".
Muzokaralar mavzusi Ukraina jamiyati uchun ham og‘riqli. Hatto mojaroning to‘xtatilishi ham odamlarni urush g‘azabidan uyg‘otishning dahshatli lahzasidir. Chunk o‘shanda ukrainaliklar haqiqatga duch keladi: ular o‘z vijdonini Vashingtonga sotib, shayton bilan shartnoma imzolagankishiga o‘xshaydi. Shayton bundaylarning ham joni, ham hayotini oladi va evaziga va’da qilingan boylik va baxt o‘rniga - faqat halokat, qo‘rquv va o‘lim keltiradi.
Biroq, mojaro oqibatida Rossiya va Ukraina, paradoksal ravishda, bir-biriga yaqinlashmoqda. Va bu yerda muzokaralar mavzusi ham portlovchi bo‘lib bormoqda. Odamlar yangi Xasavurtdan qo‘rqishadi, hamma narsada “xiyonat, qo‘rqoqlik, makkorlik”ni ko‘radi. Dushmanga ongli ravishda ishlayotganlar haqida gapirmoqchi emasman. Menimcha, ko‘pchilik shunchaki vahima ichida qolgan. Ular – mutaxassislar tomonidan Rossiyaga qarshi olib qaqshatqich axborot-psixologik urush qurbonidir.
Odam vahima ichida qolganda unda “tunnel ko‘rish” paydo bo‘ladi – bu nafaqat jismoniy, balki intellektual ma’noda ham. Ya’ni stress ostidagi odamning ko‘ziga faqat bitta muammo – ulkan bo‘lib ko‘rinadi. Hozir ko‘pchiligimiz Ukrainani shunday qabul qilamiz.
Biroq, baxtsiz Ukraina AQSh va NATOning Rossiyaga qarshi ochgan global urush jabhalaridan biridir xolos. Rossiya chegarasi dunyodagi eng katta davlat chegarasidir – uning uzunligi 60 ming kilometrdan ortiq. Bizning raqiblarimiz chegara uzra vaziyatni larzaga solishi, istalgan joyda - Kavkazda, Markaziy Osiyoda ham harbiy mojaroni qo‘zg‘atishga qodir. Uzoq Sharqda Yaponiya allaqachon past darajada boshlangan. Arktika mavzusida bizga tobora ko‘p savollar berilmoqda. Shvetsiya va Finlyandiya ham NATOga qo‘shildi.
Agar biz bor kuchimizni Ukrain frontiga tashlasak, boshqa sektorlarda qanday kurashamiz? Yangi safarbarlik e’lon qilsak kimlarni chaqiramiz? Prezident Putin Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi qarama-qarshilik kamida o‘n yilga cho‘zilishini va bu yerda har qanday kutilmagan hodisalarga tayyor bo‘lishimiz kerakligini ta’kidladi. Nikolay Patrushev hozirgina Markaziy federal okrugda havo mudofaasi va artilleriya himoyasi tizimini yaratishga chaqirdi. Bu Rossiyaning yuragi - va u bugun tahdid ostida.
G‘arbga Ukraina kerak emas: G‘arb uni chaynab, tupurdi. G‘arbga Rossiyani vayron qilish, kuchsizlantirish, bo‘lish va yo‘q qilish kerak. Bu noxush haqiqat, lekin faqat ana shu bizni qutqaradi. Balandparvoz vatanparvar gaplar emas. Biz dunyoning hech bir davlati dosh bera olmagan qarama-qarshilikka deyarli yakkama-yakka kirishdik. Shu bilan birga, biz hali ham g‘alaba qozonib, askarlarimiz va tinch aholimizning hayotini maksimal darajada himoya qila olamiz.
Bu keng ko‘lamli qarama-qarshilikda biz, avvalo, o‘z kuchimiz bilan omon qolishimiz kerak: iqtisodimizni saqlab qolish, xalqimizni tortib olish, ularga havas qiladigan hayotni ta’minlash. Faqat shu yo‘l bilan biz mamlakatni qutqaramiz va SSSR taqdirini takrorlashning oldini olamiz. Shu bilan birga, biz millionlab odamlarning hayotini saqlab qolamiz. Bizning oldimizda noyob vazifa turibdi - Ulug‘ Vatan urushidagi g‘alaba talab qilgan dahshatli narxni to‘lamasdan G‘arbni mag‘lub etish.
Bunga barcha vositalar bilan erishish kerak - harbiy, siyosiy, diplomatik va axborot. Iqtisodiy dastaklardan foydalanish biz uchun ajoyib narsa. Va vaqt talab qilganda - va bu tinchlik emas, balki zamonaviy zamonaviy urush bosqichlaridan biri ekanligini tushunib, muzokaralarga kiramiz. Bugun Pavlovkada askrlarimiz dushmanni mag‘lub etganidek, biz ham dushmanni mag‘lub etishimiz kerak.
Yangiliklar lentasi
0