https://oz.sputniknews.uz/20221116/ukraina-rossiya-va-nato-ortasida-toqnashuvni-keltirib-chiqarishni-orzu-qilyapti--polyanskiy-30032475.html
Ukraina Rossiya va NATO o‘rtasida to‘qnashuvni keltirib chiqarishni orzu qilyapti – Polyanskiy
Ukraina Rossiya va NATO o‘rtasida to‘qnashuvni keltirib chiqarishni orzu qilyapti – Polyanskiy
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev “Ukrainani muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarish” uchun bunday provokatsiyalarga muhtoj. 16.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-16T14:42+0500
2022-11-16T14:42+0500
2023-04-05T18:41+0500
rossiya
polsha
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29960543_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_92a7be5911c5120789263d6b09e24cc9.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Kiyev hukumati NATOni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka tortishni orzu qilyapti. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Polshadagi voqeani izohlash asnosida shunday fikr bildirdi.Rossiyalik diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev “Ukrainani muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarish” uchun bunday provokatsiyalarga muhtoj.Avvalroq Polsha tashqi ishlar vazirligi 15-noyabr kuni mamlakat sharqidagi Pshevoduv qishlog‘i hududiga Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa qulagani, ikki kishi halok bo‘lgani haqida bayonot bergan edi. Shu bilan birga, respublika prezidenti Anjey Dudaning so‘zlariga ko‘ra, o‘q-dorilarning aniq kimga oidligi hali aniqlanmagan. O‘z navbatida, AQSh prezidenti Jo Bayden Polshada qulagan raketa Rossiyadan uchirilgani haqidagi iddaolarni inkor etuvchi dastlabki ma’lumotlar borligini ta’kidladi. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “trayektoriya nuqtayi nazaridan, uning Rossiyadan uchirilgani dargumon”.Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina-Polsha chegarasi yaqinidagi nishonlarga Rossiya qurollari bilan hech qanday zarba berilmaganini bildirdi. Idoraning ta’kidlashicha, voqea joyidan Polsha ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan vayronalar fotosuratlarining Rossiya qurollariga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu vaziyatni keskinlashtirish maqsadida qasddan uyushtirilgan provokatsiya.
polsha
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29960543_233:0:2964:2048_1920x0_80_0_0_8d7193d18299fa2752bf8d577a528025.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, polsha, ukraina
Ukraina Rossiya va NATO o‘rtasida to‘qnashuvni keltirib chiqarishni orzu qilyapti – Polyanskiy
14:42 16.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Rossiyalik diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev “Ukrainani muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarish” uchun bunday provokatsiyalarga muhtoj.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Kiyev hukumati NATOni Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka tortishni orzu qilyapti. Rossiya Federatsiyasining BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Polshadagi voqeani izohlash asnosida shunday fikr bildirdi.
“Klassik provokatsiya yoki soxta bayroq operatsiyasi shunday ko‘rinadi. Kiyev rejimi har qanday vositalar, jumladan, ochiq provokatsiya yordamida NATO va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvni qo‘zg‘atishni orzu qilyapti”, - deya
yozgan u Twitter᾽dagi sahifasida.
Rossiyalik diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Kiyev “Ukrainani muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarish” uchun bunday provokatsiyalarga muhtoj.
Avvalroq Polsha tashqi ishlar vazirligi 15-noyabr kuni mamlakat sharqidagi Pshevoduv qishlog‘i hududiga Rossiyada ishlab chiqarilgan raketa qulagani, ikki kishi halok bo‘lgani haqida bayonot bergan edi. Shu bilan birga, respublika prezidenti Anjey Dudaning so‘zlariga ko‘ra, o‘q-dorilarning aniq kimga oidligi hali aniqlanmagan. O‘z navbatida, AQSh prezidenti Jo Bayden Polshada qulagan raketa Rossiyadan uchirilgani haqidagi iddaolarni inkor etuvchi dastlabki ma’lumotlar borligini
ta’kidladi. Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “trayektoriya nuqtayi nazaridan, uning Rossiyadan uchirilgani dargumon”.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina-Polsha chegarasi yaqinidagi nishonlarga Rossiya qurollari bilan hech qanday zarba berilmaganini
bildirdi. Idoraning ta’kidlashicha, voqea joyidan Polsha ommaviy axborot vositalari tomonidan e’lon qilingan vayronalar fotosuratlarining Rossiya qurollariga hech qanday aloqasi yo‘q. Bu vaziyatni keskinlashtirish maqsadida qasddan uyushtirilgan provokatsiya.