https://oz.sputniknews.uz/20221116/rossiyaning-mozori-sharifdagi-konsulligi-tez-orada-ish-boshlaydi-30036684.html
Rossiyaning Mozori Sharifdagi konsulligi tez orada ish boshlaydi
Rossiyaning Mozori Sharifdagi konsulligi tez orada ish boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Ish ketmoqda, tez orada ochiladi, dedi Kabulov Rossiyaning Mozori Sharifdagi Bosh konsulligi haqida. 16.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-16T18:43+0500
2022-11-16T18:43+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
afg‘oniston
zamir kabulov
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/06/27821957_0:352:1024:928_1920x0_80_0_0_a673ffee1ab078c3a1cae50837291818.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiyaning Afg‘onistonning Mozori Sharifidagi Bosh konsulligi yaqin kunlarda qayta ochiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum qildi.Mozori Sharifdagi Rossiya Bosh konsulligining faoliyati o‘tgan yilning iyul oyida “Tolibon”* harakati tufayli vaqtincha to‘xtatilgan edi.2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon”* afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi.31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi. Sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga “Tolibon”ning birinchi hukmronligi davrida TIV rahbari bo‘lib ishlagan va 2001-yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund boshchilik qildi.* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/06/27821957_0:256:1024:1024_1920x0_80_0_0_0f4b23942007adbdb1521d5d34c7363d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, afg‘oniston, zamir kabulov, rossiya
dunyoda, afg‘oniston, zamir kabulov, rossiya
Rossiyaning Mozori Sharifdagi konsulligi tez orada ish boshlaydi
18:43 16.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) Ish ketmoqda, tez orada ochiladi, dedi Kabulov Rossiyaning Mozori Sharifdagi Bosh konsulligi haqida.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Rossiyaning Afg‘onistonning Mozori Sharifidagi Bosh konsulligi yaqin kunlarda qayta ochiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov ma’lum
qildi.
“Ish ketmoqda, tez orada ochiladi”, - dedi Kabulov tegishli savolga javob berar ekan.
Mozori Sharifdagi Rossiya Bosh konsulligining faoliyati o‘tgan yilning iyul oyida “Tolibon”* harakati tufayli vaqtincha to‘xtatilgan edi.
2021 yil avgust oyi boshida “Tolibon”* afg‘on hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi.
31 avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi. Sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga “Tolibon”ning birinchi hukmronligi davrida TIV rahbari bo‘lib ishlagan va 2001-yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund boshchilik qildi.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot