https://oz.sputniknews.uz/20221116/polsha-hududiga-tushgan-raketa-parchalari-ukraina-s-300ga-tegishli-ekani-aniqlandi--30035672.html
Polsha hududiga tushgan raketa parchalari Ukraina S-300ga tegishli ekani aniqlandi
Polsha hududiga tushgan raketa parchalari Ukraina S-300ga tegishli ekani aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
“Rossiya raketalari” qulagani haqidagi bayonotlar vaziyatni keskinlashtirish maqsadida ataylab qilingan provokatsiyadir, deyiladi xabarda. 16.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-16T17:49+0500
2022-11-16T17:49+0500
2023-04-05T18:41+0500
dunyoda
polsha
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24512849_0:0:1200:676_1920x0_80_0_0_05995a35589f29ac73518109bf779f58.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Mutaxassislar Polshadagi portlash joyidan olingan suratlarda raketa parchalari Ukraina S-300 ning elementlari ekanligini aniqladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.Shuningdek, yuqori aniqlikdagi zarbalar Polsha bilan chegaradan 35 kilometrdan ham yaqin bo‘lmagan masofada berilgani qo‘shimcha qilindi.Bundan tashqari, vazirlikning ta’kidlashicha, kechagi o‘qqa tutishlar paytida Ukraina poytaxtiga zarbalar berilmagan.Kecha tunda Polsha OAVlari Ukraina bilan chegaradagi Lyublinsk voyevodasiga ikkita raketa qulagani haqida xabar berdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.AP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bular Rossiya snaradlarini tutib olish uchun uchirilgan Ukraina raketalari bo‘lgan.Voqeadan so‘ng darhol Polsha Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalar qulaganini ma’lum qildi va elchi idoraga chaqirildi. Shu bilan birga, prezident Anjey Duda hozircha aniq ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Ukraina-Polsha chegarasi hududida hech qanday nishonga zarba bermaganini va Varshavaning Moskvaning ishtiroki haqidagi barcha bayonotlari provokatsiya ekanligini ta’kidladi.Pentagonning ta’kidlashicha, bu vaziyatda ular taxminlar bilan emas, balki aniqlik kiritish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud faktlar bilan ishlamoqchi. Shu bilan birga, faktlar olinmaguncha, Pentagon NATO Nizomining 5-moddasi (jamoaviy mudofaa to‘g‘risida) qo‘llanilishi haqida gapirmaydi, dedi harbiy departament matbuot kotibi Patrik Rayder.AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni G7 va NATO yetakchilarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi, shundan so‘ng raketa “trayektoriya jihatidan Rossiyadan uchirilgani dargumon” ekanini aytdi.
polsha
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/0c/24512849_60:0:1200:855_1920x0_80_0_0_6e103744f97f59d96c37139caaa786c6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, polsha, ukraina, rossiya
dunyoda, polsha, ukraina, rossiya
Polsha hududiga tushgan raketa parchalari Ukraina S-300ga tegishli ekani aniqlandi
17:49 16.11.2022 (yangilandi: 18:41 05.04.2023) “Rossiya raketalari” qulagani haqidagi bayonotlar vaziyatni keskinlashtirish maqsadida ataylab qilingan provokatsiyadir, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Mutaxassislar Polshadagi portlash joyidan olingan suratlarda raketa parchalari Ukraina S-300 ning elementlari ekanligini aniqladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum
qildi.
“Ukrainaning turli manbalari va xorijiy rasmiylarning Pshevoduv aholi punktiga “Rossiya raketalari” qulab tushgani haqidagi bayonotlari vaziyatni keskinlashtirish maqsadida ataylab uyushtirilgan provokatsiya”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, yuqori aniqlikdagi zarbalar Polsha bilan chegaradan 35 kilometrdan ham yaqin bo‘lmagan masofada berilgani qo‘shimcha qilindi.
Bundan tashqari, vazirlikning ta’kidlashicha, kechagi o‘qqa tutishlar paytida Ukraina poytaxtiga zarbalar berilmagan.
“Kiyev rejimi tomonidan Ukraina poytaxtining turar-joylarida ko‘rsatilgan barcha vayronagarchiliklar Ukraina qo‘shinlari tomonidan shahar ichida joylashgan Ukraina va xorijiy havo mudofaa tizimlaridan otilgan zenit-raketalarning qulashi va o‘z-o‘zini yo‘q qilishining bevosita natijasidir”, deyiladi xabarda.
Kecha tunda Polsha OAVlari Ukraina bilan chegaradagi Lyublinsk voyevodasiga ikkita raketa qulagani haqida xabar berdi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.
AP agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bular Rossiya snaradlarini tutib olish uchun uchirilgan Ukraina raketalari bo‘lgan.
Voqeadan so‘ng darhol Polsha Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalar qulaganini ma’lum qildi va elchi idoraga chaqirildi. Shu bilan birga, prezident Anjey Duda hozircha aniq ma’lumot yo‘qligini ta’kidladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Ukraina-Polsha chegarasi hududida hech qanday nishonga zarba bermaganini va Varshavaning Moskvaning ishtiroki haqidagi barcha bayonotlari provokatsiya ekanligini ta’kidladi.
Pentagonning ta’kidlashicha, bu vaziyatda ular taxminlar bilan emas, balki aniqlik kiritish uchun yetarli imkoniyatlar mavjud faktlar bilan ishlamoqchi. Shu bilan birga, faktlar olinmaguncha, Pentagon NATO Nizomining 5-moddasi (jamoaviy mudofaa to‘g‘risida) qo‘llanilishi haqida gapirmaydi, dedi harbiy departament matbuot kotibi Patrik Rayder.
AQSh prezidenti Jo Bayden chorshanba kuni G7 va NATO yetakchilarining uchrashuvini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi, shundan so‘ng raketa “trayektoriya jihatidan Rossiyadan uchirilgani dargumon” ekanini aytdi.