O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri Bokuga gastrol uyushtiradi

© SputnikGosudarstvenniy akademicheskiy bolshoy teatr imeni Alishera Navoi (GABT)
Gosudarstvenniy akademicheskiy bolshoy teatr imeni Alishera Navoi (GABT) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
Gastrol guruhi tarkibiga simfonik orkestr, solistlar, xor artistlari va balet truppasi kiradi, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Chorshanba va payshanba kunlari Bokuda O‘zbekiston Davlat akademik katta teatrining gastrollari bo‘lib o‘tadi. Spektakllar Ozarbayjon Davlat akademik opera va balet teatri sahnasida namoyish etiladi.
16 noyabr kuni o‘zbek kompozitori Anvar Ergashevning “Humo” baleti, 17-noyabr kuni esa italiyalik kompozitor Juzeppe Verdining “Rigoletto” operasi tomoshabinlarga namoyish etiladi.
2005 yilda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida “Humo” baletining premyerasi bo‘lib o‘tgan. 2007-yilda spektaklga musiqa uchun muallif 1-darajali Davlat mukofoti laureati unvoniga sazovor bo‘ldi.
Gastrol safarida teatrning yetakchi solistlari, xalq artistlari, vokalchilar va balet artistlarining xalqaro tanlovlari laureatlari ishtirok etadi. Gastrol guruhi tarkibiga simfonik orkestr, solistlar, xor artistlari va balet truppasi kiradi.
Yangiliklar lentasi
0