O‘zbekiston SOR27 da Mintaqaviy iqlim kengashi tuzishni taklif qildi

© Press-slujba SenataPredsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva v vistuplenii na 27-y Konferensii storon Ramochnoy konvensii OON ob izmenenii klimata (SOR27)
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva v vistuplenii na 27-y Konferensii storon Ramochnoy konvensii OON ob izmenenii klimata (SOR27) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
Senat raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Misrdagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat bilan faol hamkorlik qilishga tayyor va Mintaqaviy iqlim kengashini tashkil etadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Misrning Sharm ash-Shayx shahrida o‘tkazilayotgan BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi (SOR27) tomonlarining 27-konferensiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Narbayeva Mintaqaviy iqlim kengashi iqlimga moslashish bo‘yicha loyihalarni targ‘ib qilishda, cho‘llanish va yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashishda, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda hamkorlik samaradorligini oshirish imkonini berishini ta’kidladi.
Parlament yuqori palatasi raisi o‘z nutqida birgalikdagi sa’y-harakatlar bilangina oqibatlari Markaziy Osiyoda ham yaqqol kuzatilayotgan iqlim o‘zgarishi muammosiga qarshi turish mumkinligini ta’kidladi.
“O‘zbekistonning asosiy maqsadi – amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarga “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy taraqqiyotga erishishdir. Bu yo‘nalishda iqtisodiyotning barcha sektorlarida ugleroddan kamroq foydalanishga o‘tish va resurslarni tejash, samarali va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish ustuvor yo‘nalish hisoblanadi”, - deydi Tanzila Narbayeva.
Qayd etilishicha, kelasi yili O‘zbekistonda cho‘llanishga qarshi kurashish va yovvoyi hayvonlarning ko‘chib yuruvchi turlarini saqlash bo‘yicha BMTning ikkita yirik tadbirini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Narbayevaga ko‘ra, Parij bitimi doirasida O‘zbekiston 2030-yilgacha YaIM birligiga parnik gazlar chiqarishni 35 foizga kamaytirish majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlar amalga oshirish boshlandi.
2026 yilga kelib “yashil” energetika ulushini 8 ming MVtga yetkazish rejalashtirilmoqda, bu esa karbonat angidrid gazi chiqarishni 5 mln tonnaga kamaytirish imkonini beradi. 2030-yilga kelib iqtisodiyotning energiya samaradorligini ikki baravar oshirish, qayta tiklanadigan energiya ulushini esa kamida 25 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Har yili 200 mln tup daraxt va buta ekishni nazarda tutuvchi “Yashil makon” umummilliy loyihasi ko‘p jihatdan respublikada iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishga va ularga moslashishga xizmat qiladi. Loyiha yiliga 200 mln tup daraxt va butalarni ekishni nazarda tutadi. Natijada besh yildan so‘ng shaharlardagi ko‘kalamzor maydonlar hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshadi.
O‘zbekiston Orol dengizi inqirozi bilan bog‘liq muammolarni hal etish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rmoqda. So‘nggi besh yilda Orol dengizining qurigan tubida 1,7 mln gektardan ortiq o‘rmon plantatsiyalari barpo etilgan bo‘lsa, 2026-yilga kelib bu ko‘rsatkich 2,5 mln gektargacha yoki hududning qariyb 80 foizini tashkil etadi. BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi bilan Orolbo‘yi mintaqasi ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e’lon qilindi.
Yangiliklar lentasi
0