O‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi festivali bo‘lib o‘tadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbek-turkman do‘stik festivali doirasida konsert dasturlari, madaniy soha vakillari uchrashuvlari filmlar namoyishi va amaliy san’at buyumlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 16 noya - Sputnik. Turkmanistonning Dashovuz shahrida 16-17 noyabr kunlari o‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etish uchun madaniyat va san’at namoyandalari, yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar, jami yuzdan ortiq ijodkorlardan iborat O‘zbekiston delegasiyasi Dashovuv shahriga tashrif buyurdi. Ayni paytda ular o‘ziga xos do‘stlik bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Festival doirasida ikki davlat san’at ustalari ishtirokida konsert dasturlari, spektakllar namoyishi, har ikki taraf shoir va yozuvchilari, kino sohasi vakillarining ijodiy uchrashuvi, filmlar namoyishi, amaliy san’at hamda zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari turli jabhada, xususan, madaniy-gumanitar sohada jadal rivojlanib bormoqda. Bunda oliy va yuqori darajadagi o‘zaro tashriflar muntazamlik kasb etib, ular doirasida qator kelishuvlarga erishilayotgani muhim o‘rin tutmoqda.
Ikki davlat hududida tashkil etilayotgan yirik tadbir va anjumanlarda soha vakillarining faol qatnashayotgani o‘zaro aloqalarning amaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Yangiliklar lentasi
0