Omskda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari uchun logistika markazi qurilmoqda

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishYabloki
Yabloki  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
Logistika markazidan O‘zbekiston hududiga jo‘natiladigan mahsulotlarni qayta ishlash mumkin, deydi Omsk viloyati gubernatori.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Omskda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari uchun “Frukt-siti” logistika markazi qurilishi boshlandi. Bu haqda “BK55” mahalliy nashri xabar bergan.
Bu haqda Omsk viloyati gubernatori Aleksandr Burkov mahalliy parlamentga budjet murojaati chog‘ida ma’lum qilgan. U Rossiya delegatsiyasining aprel oyida O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida markazni tashkil etishga kelishib olgan edi.
O‘shanda Burkov meva-sabzavot mahsulotlarini Rossiya bozoriga eksport qiluvchi Parkent Agrosel Business xoldingi vakillari bilan uchrashdi. O‘zbekiston kompaniyasi mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish va keyinchalik Sibir hududlariga yetkazib berish uchun savdo-logistika markazini yaratishni taklif qildi.

“Mana shu logistika markazidan O‘zbekiston hududiga jo‘natiladigan mahsulotlarni qayta ishlash mumkin”, - dedi Burkov.

Xususan, viloyat O‘zbekistonga bug‘doy, un, arpa va yog‘li ekinlar yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, mahalliy korxonalar Markaziy Osiyo iqlimi va tuproqlari uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi namunalarini ishlab chiqishga tayyor.
Viloyat Iqtisodiyot vazirligi kelajakdagi markaz loyihasi ustida ish boshlanganini tasdiqladi.
Shuningdek, Orenburgda o‘zbek mevalari uchun logistika markazi ochish rejalashtirilgan edi. Sverdlovsk viloyati esa O‘zbekistonda savdo uyini ochish niyatida edi. Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov ham yaqinda Toshkentga tashrifi chog‘ida ulgurji taqsimlovchi markazlari tarmog‘ini yaratish taklifini bildirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0