https://oz.sputniknews.uz/20221116/istanbulda-yana-portlash-yuz-berdi---oav-30025206.html
Istanbulda yana portlash yuz berdi - OAV
Istanbulda yana portlash yuz berdi - OAV
Sputnik O‘zbekiston
Turkiyaning yirik megapolisi Istanbulning Fotih tumanida portlash yuz berdi, alanga uchta avtomobilni ham qamrab oldi. Portlash sabablari hozircha noma’lum
2022-11-16T09:42+0500
2022-11-16T09:42+0500
2022-11-16T09:42+0500
dunyoda
turkiya
istanbul
portlash
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/10/30024939_0:155:3001:1843_1920x0_80_0_0_e1ba05e0dbb497013a2dc0c614356186.jpg
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Turkiyaning yirik megapolisi Istanbulning Fotih tumanida portlash yuz berdi, alanga uchta avtomobilni ham qamrab oldi. Portlash sabablari hozircha noma’lum, deb xabar bermoqda RIA Novosti turk nashrlariga tayanib.“Istanbulning Fotih tumanida noma’lum sabab bilan yona boshlagan mashinadan tarqalgan alanga to‘xtab turgan mashinalarga ham o‘tdi. Yong‘in paytida uyali telefon kameralarida tasvirga olingan kadrlarda portlash tovushlari eshitildi”, - deyiladi xabarda.Portlash sababi hozircha noma’lum. “Yeni Akit” gazetasining yozishicha, yong‘inga bir emas, bir necha portlash sabab bo‘lgan. Alanga avtomobilda kelib chiqqan, keyin esa boshqa mashinalarga o‘tgan. Yetti mashina jiddiy shikastlangan, portlashlar aholi orasida vahima uyg‘otgan.Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar alangani bartaraf etgan, politsiya hodisani o‘rganishni boshlagan.O‘tgan haftada Istanbul markazidagi Istiqlol piyodalar ko‘chasida portlash sodir bo‘lgandi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, 81 kishi jarohatlandi. Teraktni uyushtirishda gumonlangan Axlam Albashir qo‘lga olindi, u “Kurdiston ishchilar partiyasi”ga (KIP, Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb topilgan) aloqadorligini tan olgan. Turkiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, terakt uyushtirish topshirig‘i Suriyaning Kobani shahridan kelgan.Shuningdek, 21 ta manzilda tintuv o‘tkazildi, umumiy hisobda 50 kishi hibsga olindi.
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/10/30024939_168:0:2831:1997_1920x0_80_0_0_f9afc2ce8a2865120083d78090a3662f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turkiya istanbul portlash terakt turkiya istanbul portlash terakt
turkiya istanbul portlash terakt turkiya istanbul portlash terakt
Istanbulda yana portlash yuz berdi - OAV
Istanbulning Fotih tumanida noma’lum sabab bilan yona boshlagan mashinadan tarqalgan alanga to‘xtab turgan mashinalarga ham o‘tgan.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Turkiyaning yirik megapolisi Istanbulning Fotih tumanida portlash yuz berdi, alanga uchta avtomobilni ham qamrab oldi. Portlash sabablari hozircha noma’lum, deb
xabar bermoqda RIA Novosti turk nashrlariga tayanib.
“Istanbulning Fotih tumanida noma’lum sabab bilan yona boshlagan mashinadan tarqalgan alanga to‘xtab turgan mashinalarga ham o‘tdi. Yong‘in paytida uyali telefon kameralarida tasvirga olingan kadrlarda portlash tovushlari eshitildi”, - deyiladi xabarda.
Portlash sababi hozircha noma’lum. “Yeni Akit” gazetasining
yozishicha, yong‘inga bir emas, bir necha portlash sabab bo‘lgan. Alanga avtomobilda kelib chiqqan, keyin esa boshqa mashinalarga o‘tgan. Yetti mashina jiddiy shikastlangan, portlashlar aholi orasida vahima uyg‘otgan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar alangani bartaraf etgan, politsiya hodisani o‘rganishni boshlagan.
O‘tgan haftada Istanbul markazidagi Istiqlol piyodalar ko‘chasida portlash sodir
bo‘lgandi. Oqibatda olti kishi halok bo‘ldi, 81 kishi jarohatlandi. Teraktni uyushtirishda gumonlangan Axlam Albashir
qo‘lga olindi, u “Kurdiston ishchilar partiyasi”ga (KIP, Turkiyada terrorchilik tashkiloti deb topilgan) aloqadorligini tan olgan. Turkiya IIV ma’lumotlariga ko‘ra, terakt uyushtirish topshirig‘i Suriyaning Kobani shahridan kelgan.
Shuningdek, 21 ta manzilda tintuv o‘tkazildi, umumiy hisobda 50 kishi hibsga olindi.