Energiyani tejash uchun ko‘cha chiroqlari va elektron reklamalarni o‘chirish rejalashtirilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNochnoy Tashkent
Nochnoy Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.11.2022
Obuna bo‘lish
Energetika vaziri o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatlari markazlarida resurslarning isrof qilinishi ko‘p uchraydi.
TOShKENT, 16 noya — Sputnik. O‘zbekistonda elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilayotgan hududlar – Toshkent shahri va viloyatlari markazlarida resurslarning isrof qilinishi ko‘p uchraydi. Bu haqda energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev bugun, 16-noyabr kuni, elektr energiyasi va gaz bilan bog‘liq uzilishlar xususida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Elektr energiyasi eng ko‘p viloyat markazlari va poytaxtda isrof qilinadi. Ko‘chadagi illyuminatsiya, keraksiz chiroqlar... Mana shu yo‘nalishda yangi ish tartibini joriy etdik. Bunda ma’lum soatdan so‘ng behuda yonayotgan chiroqlarning barchasi o‘chiriladi, ma’lum soatlar orasida reklama illyuminatsiyasi uchun sarflanayotgan elektr energiyasi to‘liq to‘xtatiladi va iqtisod qilingan resurslar chekka hududlarga yetkaziladi. Isrof qilish mavzusi elektr energiyasi uzluksiz yetkazib berilayotgan hududlarda juda dolzarb”, - deydi Xo‘jayev.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, chekka hududlarda odamlar elektrning qadriga yetgani uchun isrof qilmaydi.
Shu bilan birga, amaldor elektrni tejashga chorlov, qo‘shimcha ishlab chiqarish haqida qayg‘urmasa ham bo‘ladi degani emasligini ta’kidladi.
“Yillik ishlab chiqarishni 8-10 foizga oshirish borish shart. Ya’ni masalaning bir tomoni tejash bo‘lsa, ikkinchi tomoni ishlab chiqarishni ko‘paytirish va sohada energiya samaradorlikni oshirish”, - deydi vazir o‘rinbosari.
Avvalroq Sherzod Xo‘jayev O‘zbekistonda elektr energiyasidagi uzilishlarning sababini ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligi bilan izohlagani haqida xabar bergan edik. Uning so‘zlariga ko‘ra, elektr energiyasidagi uzilishlarning sababi — uskunalarning eskirganligi yoki yetarli emasligida emas, balki stansiyalarda elektr ishlab chiqarish uchun yoqilg‘i yetishmasligida.
Yangiliklar lentasi
0