Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi kitobi nashrdan chiqdi

© Turizm va madaniy meros vazirligi"Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi
Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Mazkur kitobda Qo‘qon va Xiva xonliklari hamda Buxoro amirligi davrida atlas, adras, ipak, beqasam va zardo‘zlik kiyimlarining dizayni, tub aholining kiyinish madaniyati va ularning o‘rtasidagi o‘zaro farqli jihatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. Nodir tarixiy faktlarga ega “Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi nashrdan chiqdi. Mazkur kitob orqali O‘zbekistonning turli hududlarining turli vaqtlardagi kiyinish madaniyati bilan yaqindan tanishish mumkin, deya xabar berdi Turizm va madaniy meros vazirligi.
Qayd etilishicha, dunyo olimlari tomonidan olib borilayotgan o‘rganishlar atlas, adras, ipak, beqasam va zardo‘zlik kiyimlari hamda ularning tayyor holatdagi jozibadorligi Markaziy Osiyo xalqlarining kiyinish madaniyati o‘ta yuqori bo‘lganligini ifodalaydi.
© Turizm va madaniy meros vazirligi"Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi
Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
"Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi
Nashr etilgan yangi kitob o‘quvchini nafaqat O‘zbekistonning kiyinish madaniyati bilan yaqindan tanishtiradi balki, ilmiy izlanuvchilar uchun aniq manzilli ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan.
Kitobda uchta xonlik davrida yashagan qoraqalpoq xalqining kiyinish madaniyati ham alohida manbalar asosida yoritilgan.
© Turizm va madaniy meros vazirligi"Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi
Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
"Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi
Muallif Malika Qo‘ziyeva tomonidan nashr etilgan ushbu kitobda, asosan, Qo‘qon, Xiva xonligi hamda Buxoro amirligi davrida Markaziy Osiyo hududlarida yashovchi tub aholining qanday kiyinish madaniyatiga ega bo‘lganligi va ularning o‘rtasidagi o‘zaro farqli jihatlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

“Asarning bugungi kun uchun dolzarbligi shundaki, keyingi paytlarda aholining yashash tarzidagi yaqinliklari hamda almashinuvlari natijasida qorishib ketayotgan kiyinish madaniyatining aslida qanday ko‘rinishda va qanday kelib chiqqani asosini aniq misollarda dalillab beradi”, deyiladi xabarda.

© Turizm va madaniy meros vazirligi"Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi
Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
"Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi” kitobi
Shuningdek, ushbu qo‘llanma mamlakat turizmining keng targ‘ib qilinishida xizmat ko‘rsatayotgan yo‘lboshlovchi – gidlar uchun asosiy manba sifatida nodir tarixiy faktlarni o‘zida birlashtirgan.
Qayd etilishicha, mamlakatga kelayotgan xorijlik sayyohlar uchun mazkur asar tub aholining milliy an’analari va qadratlari hamda kiyinish madaniyati tarixini o‘rganishlari uchun asos bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0