Xitoy Rossiyaning G20 dan chetlatilishiga qarshi chiqdi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishSammit G20 na Bali
Sammit G20 na Bali  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Xitoy Rossiyaning G20 va boshqa xalqaro forumlardagi munosib rolini qo‘llab-quvvatlaydi.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Xitoy Rossiyaning “Katta yigirmatalik” va boshqa xalqaro forumlardan chetlatilishiga qarshi, dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I. Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan G20 sammitida. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Siz G20 sammitida shaxsan ishtirok etayotganingizdan, Rossiya nomidan qatnashayotganingizdan juda xursandmiz, bu juda sharafli vazifa. Biz Rossiyaning G20 va boshqa xalqaro forumlar doirasidagi munosib rolini qo‘llab-quvvatlaymiz va hech kim Rossiyaning ko‘p tomonlama formatlarda ishtirok etishdek huquqini tortib olishga haqli emas, deb hisoblaymiz”, degan diplomat Bali orolida o‘tkazilayotgan G20 sammiti doirasida RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan bilan uchrashuv avvalida.
O‘z navbatida, Lavrov Moskva Si Szinpinning Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimiga qayta saylanganini olqishlashini va partiya rahbariyatining Rossiyaga nisbatan “yondashuvlarida davomiylik”ga ishonishini ta’kidladi.
Shuningdek, u Van Ini Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasi Siyosiy burosiga saylangani bilan shaxsan tabrikladi.
Ma’lumot uchun, G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0