Ta’limda siyosatga o‘rin yo‘q – Kravsov

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovMinistr prosvesheniya RF Sergey Kravsov
Ministr prosvesheniya RF Sergey Kravsov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya maorif vaziri Toshkentda maktabgacha ta’limga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi.
TOShKENT, 11 noya - Sputnik. Ta’limda siyosatga o‘rin yo‘q, mamlakatlar yangi avlodni tarbiyalash uchun hamkorlikda ishlashi, bir-birini hurmat qilishi kerak.
Bu haqda Rossiya maorif vaziri Sergey Kravsov Toshkentda bo‘lib o‘tgan YuNESKOning “Yosh bolalar ta’limi va tarbiyasi” II Butunjahon konferensiyasida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

“Ochiqligimiz va hamkorlikka tayyorligimizni ta’kidlamoqchiman. Mening ishonchim komilki, ta’limda siyosatga o‘rni yo‘q. Biz faqat birgalikda mehnat qilish, bir-birimizni hurmat qilish orqali muvaffaqiyatga erishamiz, yangi avlodni tarbiyalaymiz va bundan barchamiz faxrlanamiz”, - dedi vazir.

Kravsovning konferensiya ishtirokchilariga murojaatida ta’kidlashicha, maktabgacha ta’lim, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega, chunki u bolaning shaxsiyati uchun poydevor qo‘yadi va u uchun an’anaviy qadriyatlarni shakllantiradi.

“Inson dunyoqarashning poydevori, uni butun umri davomida qo‘llab-quvvatlaydigan an’anaviy qadriyatlar - juda erta yoshda singdiriladi va shakllanadi. Shuning uchun biz bolalarni bog‘chadan boshlab mustahkam oila, kattalarga hurmat, tabiatni asrash kabi qadriyatlar bilan tanishtirishga harakat qilamiz”, - deydi u.

Shuningdek, vazir bunda bolani mehr-oqibat va adolatga o‘rgatadigan ota-ona, oila va atrof-muhit muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u bola uchun xavfsiz muhit yaratish, jumladan, yosh bolalarning turli gadjetlardan foydalanishini cheklash g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi.
Rossiyada maktabgacha ta’limga katta e’tibor beriladi. Bolalarni bog‘chalar bilan ta’minlash muammosi to‘liq hal qilingan, deydi maorif vaziri.
“Bog‘chalar infratuzilmasini yangilash, pedagoglarning malakasini oshirishga e’tibor qaratishda davom etamiz. Qo‘shimcha o‘rinlar yaratilishi tufayli bugun biz maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish muammosini to‘liq hal qilishga muvaffaq bo‘ldik – bugun maktabgacha ta’lim 199 foizga yetdi”, - deydi Rossiya vaziri.
Kravsovning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik mutaxassislar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishga va ilg‘or tajribani, jumladan, axborot texnologiyalari sohasida ham xorijiy hamkorlar bilan bo‘lishiga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, 14-16-noyabr kunlari Toshkentda YuNESKOning “Erta yoshdagi ta’lim va tarbiya” II Butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbir ishtirokchilari ta’lim tizimidagi dolzarb muammolar va yangiliklarni muhokama qilish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bilan ishlash sohasida fikr almashishadi. Madaniyat, san’at, fan, sport va ta’lim sohalaridagi xalqaro ekspertlar ma’ruzalar o‘qiydilar.
Konferensiya dasturidan mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, ma’ruzalar, ko‘rgazmalar, ekskursiyalar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘rin olgan.
Yangiliklar lentasi
0