https://oz.sputniknews.uz/20221115/shavkat-mirziyoev-sudyalar-sonini-bosqichma-bosqich-kopaytirish-taklifini-maqulladi-29987168.html
Shavkat Mirziyoyev sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish taklifini ma’qulladi
Shavkat Mirziyoyev sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish taklifini ma’qulladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi - tafsilotlar. 15.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-15T08:24+0500
2022-11-15T08:24+0500
2022-11-15T08:24+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
sud
oliy sud
sudya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0f/29987300_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_ebb45c9740c5165f18eec1da5084c269.jpg
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistonda sudyalar soni bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi odil sudlovni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Aytilishicha, mutasaddi va mutaxassislar xalq bilan muloqot qilib, sohadagi muammolarni o‘rgangan. Yig‘ilishda ana shu muammolar tahlil qilinib, sohani isloh qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.Qayd etilganidek, har yili o‘rtacha 1 million 500 ming aholi sudlarga murojaat qiladi. Viloyat sudlari odil qaror chiqarish bo‘yicha yetarlicha mas’uliyat olmayotgani sababli ovoragarchiliklar ko‘p. Misol uchun, yil boshidan buyon 18 ming fuqaro viloyat sudlari qabul qilgan qarorlardan norozi bo‘lib, Oliy sudga kelgan.Yig‘ilishda viloyat sudlari mas’uliyatini oshirish, jinoyat ishini ayblov xulosasi va himoyachi fikri bilan birga qabul qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.Sudyalar oliy maktabini tubdan isloh qilish, tuman va viloyat sudlari uchun mol-mulk, oila, soliq, mehnat munosabatlariga ixtisoslashgan sudyalar tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. Sudyalar hamjamiyatining vakolatlarini kuchaytirish, sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish taklifi ma’qullandi.Davlat rahbari sohada raqamlashtirishni kengaytirib, axborot tizimlarini uyg‘un qilish, zamonaviy texnologiyalar orqali odamlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.Ma’lumot uchun, so‘nggi olti yilda bu tizimga oid 50 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu davrda nohaq ayblangan 4 ming kishiga oqlov hukmi chiqarilgan, 26 mingdan ziyod shaxs sud zalidan ozod qilingan, 47 ming fuqaroga nisbatan tergovda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.Sud tizimiga ishonch ortgani iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, olti yilda korxonalar soni 2 baravarga oshib, 530 mingtaga yetgan. Mamlakat iqtisodiyotiga 39 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib kelgan. Bugungi kunda 15 mingdan ortiq xorijiy va qo‘shma korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0f/29987300_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_552698c393fc1fffb03f77b0b906d75c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, sud, oliy sud, sudya
siyosat, shavkat mirziyoyev, sud, oliy sud, sudya
Shavkat Mirziyoyev sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish taklifini ma’qulladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida odil sudlovni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi - tafsilotlar.
TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekistonda sudyalar soni bosqichma-bosqich ko‘paytiriladi. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi odil sudlovni ta’minlash borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum
qilindi. Aytilishicha, mutasaddi va mutaxassislar xalq bilan muloqot qilib, sohadagi muammolarni o‘rgangan. Yig‘ilishda ana shu muammolar tahlil qilinib, sohani isloh qilish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Qayd etilganidek, har yili o‘rtacha 1 million 500 ming aholi sudlarga murojaat qiladi. Viloyat sudlari odil qaror chiqarish bo‘yicha yetarlicha mas’uliyat olmayotgani sababli ovoragarchiliklar ko‘p. Misol uchun, yil boshidan buyon 18 ming fuqaro viloyat sudlari qabul qilgan qarorlardan norozi bo‘lib, Oliy sudga kelgan.
“Sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish eskicha davom etayapti. Advokatlarning o‘rni yuqori emas. Tergovchilar o‘z ustida ishlamay qo‘ygan. Sudga aralashuvlarning oldini olish uchun sudyalarning vakolat muddati uzaytirildi, maoshi keskin oshirildi. Ularni lavozimga tayinlash Sudyalar oliy kengashiga o‘tkazildi. Lekin bu borada haliyam ayrim bo‘shliqlar bor”, deyiladi xabarda.
Yig‘ilishda viloyat sudlari mas’uliyatini oshirish, jinoyat ishini ayblov xulosasi va himoyachi fikri bilan birga qabul qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Sudyalar oliy maktabini tubdan isloh qilish, tuman va viloyat sudlari uchun mol-mulk, oila, soliq, mehnat munosabatlariga ixtisoslashgan sudyalar tayyorlash muhimligi ta’kidlandi. Sudyalar hamjamiyatining vakolatlarini kuchaytirish, sudyalar sonini bosqichma-bosqich ko‘paytirish taklifi ma’qullandi.
Davlat rahbari sohada raqamlashtirishni kengaytirib, axborot tizimlarini uyg‘un qilish, zamonaviy texnologiyalar orqali odamlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi olti yilda bu tizimga oid 50 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Shu davrda nohaq ayblangan 4 ming kishiga oqlov hukmi chiqarilgan, 26 mingdan ziyod shaxs sud zalidan ozod qilingan, 47 ming fuqaroga nisbatan tergovda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.
Sud tizimiga ishonch ortgani iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, olti yilda korxonalar soni 2 baravarga oshib, 530 mingtaga yetgan. Mamlakat iqtisodiyotiga 39 milliard dollar xorijiy investitsiya kirib kelgan. Bugungi kunda 15 mingdan ortiq xorijiy va qo‘shma korxonalar faoliyat yuritmoqda.