https://oz.sputniknews.uz/20221115/oliy-majlis-ozbek-qirgiz-chegarasi-boyicha-qonunlarni-qabul-qildi-29989434.html
Oliy Majlis o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha qonunlarni qabul qildi
Oliy Majlis o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha qonunlarni qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
Oliy Majlis deputatlari o‘zbek-qirg‘iz chegarasining alohida uchastkalari hamda Kampirobol suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilishdi. 15.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-15T11:22+0500
2022-11-15T11:22+0500
2022-11-15T11:22+0500
jamiyat
oliy majlis qonunchilik palatasi
o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari
o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat
yangi qaror
abdulla aripov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29228090_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_8022a31fd08786331cfb67ea0c3f06fc.jpg
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Kecha, 14-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar 2022-yilning 3-noyabr kuni Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida erishilgan kelishuvlarga doir qonun loyihalarini qabul qilishdi. Xususan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihalari. Ularning muhokamasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida hukumat a’zolari ishtirok etib, qonun loyihalari yuzasidan axborot berdi.Qayd etilishicha, qonun loyihalari bilan o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining 35 ta uchastkasini o‘z ichiga olgan umumiy uzunligi 302,29 kilometrdan iborat chegara chizig‘ini delimitatsiya qilish ishlarini yakuniga yetkazish nazarda tutilmoqda.Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qonun loyihalari dastlab siyosiy partiyalarning parlamentdagi barcha fraksiyalari yig‘ilishlarida muhokamalardan o‘tgan.Deputatlar ta’kidlaganidek, ushbu hujjatlarning qabul qilinishi O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini belgilash borasidagi masalalar to‘liq o‘z yechimini topishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, chegara savdo-sanoat zonalarini tashkil etish, kichik va o‘rta biznesni jonlantirish, hududlararo o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlikning boshqa yangi yo‘nalishlarini shakllantirish uchun katta imkoniyatlar ochiladi.Muhokamalardan so‘ng ushbu qonun loyihalari deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/12/29228090_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_6240a5adcf8b79efd662ba25231c8bd6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, oliy majlis qonunchilik palatasi, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari, o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat, yangi qaror, abdulla aripov
jamiyat, oliy majlis qonunchilik palatasi, o‘zbek-qirg‘iz munosabatlari, o‘zbek-qirg‘iz chegarasidagi vaziyat, yangi qaror, abdulla aripov
Oliy Majlis o‘zbek-qirg‘iz chegarasi bo‘yicha qonunlarni qabul qildi
Oliy Majlis deputatlari o‘zbek-qirg‘iz chegarasining alohida uchastkalari hamda Kampirobol suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilishdi.
TOShKENT, 15 noya - Sputnik. Kecha, 14-noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar 2022-yilning 3-noyabr kuni Bishkekda O‘zbekiston va Qirg‘iziston orasida erishilgan kelishuvlarga doir qonun loyihalarini qabul
qilishdi. Xususan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihalari.
Ularning muhokamasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida hukumat a’zolari ishtirok etib, qonun loyihalari yuzasidan axborot berdi.
Qayd etilishicha, qonun loyihalari bilan o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining 35 ta uchastkasini o‘z ichiga olgan umumiy uzunligi 302,29 kilometrdan iborat chegara chizig‘ini delimitatsiya qilish ishlarini yakuniga yetkazish nazarda tutilmoqda.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu qonun loyihalari dastlab siyosiy partiyalarning parlamentdagi barcha fraksiyalari yig‘ilishlarida muhokamalardan o‘tgan.
Deputatlar ta’kidlaganidek, ushbu hujjatlarning qabul qilinishi O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasini belgilash borasidagi masalalar to‘liq o‘z yechimini topishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, chegara savdo-sanoat zonalarini tashkil etish, kichik va o‘rta biznesni jonlantirish, hududlararo o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirish va iqtisodiy hamkorlikning boshqa yangi yo‘nalishlarini shakllantirish uchun katta imkoniyatlar ochiladi.
Muhokamalardan so‘ng ushbu qonun loyihalari deputatlar tomonidan qabul qilindi.