Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Muzdek suvda chiniquvchi insonlarda qarish alomatlari sekinlashadi - tadqiqot

© Sputnik / Ilya NaymushinZakalivanie protiv stareniya
Zakalivanie protiv stareniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.11.2022
Obuna bo‘lish
Olimlar tomonidan soviq yoki muzli suvda chiniqish bilan shug‘ullanuvchi insonlar o‘rtasida tadqiqot olib borildi. Natijalarga ko‘ra, chiniqish metabolik jarayonlarning tezligiga ta’sir qiladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi.
Sovuq yoki muzli suvda chiniqish bilan muntazam ravishda shug‘ullanib turadigan insonlarda qarish alomatlari sekinlashadi. Bunday xulosaga Tumen tibbiyot universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida kelindi.
Olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ikki guruhga bo‘lingan holda 36 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va ayollarni qamrab oldi.
Birinchisi guruh, faqat sovuq yoki muzli suvda chiniqish bilan shug‘ullanadigan odamlarni, ikkinchisi esa uni qo‘shimcha jismoniy faoliyat bilan birlashtirganlarni o‘z ichiga oladi.
Guruhlar haftasiga 2-3 marta chiniqishni mashq qilishdi. Har bir mashg‘ulot 30 dan 90 daqiqagacha davom etdi va jarayonlarning bir nechta sikllarni (isinish, suvda suzish, hammom) o‘z ichiga oldi.
Olimlar ikkala guruhda ham kalendar yoshi biologik yoshdan ancha oldinda ekanligini aniqlashdi. Tadqiqotlarda tananing fiziologik holati ushbu yosh toifasi uchun o‘rtacha ko‘rsatkichdan yaxshiroq edi.

“Ammo shuni unutmasligimiz kerakki, chiniqish, ayniqsa qishki suzish kabi ekstremal tabiiy omillarning stressli ta’siriga asoslanadi, - deydi professor Svetlana Solovyova.

Sovuqning tanaga ta’siri energiya hajmi va yurak-qon tomir tizimining samaradorligini oshirishda o‘zini namoyon qilishi mumkin.
Chiniqish metabolik jarayonlarning tezligiga ta’sir qiladi, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Tadqiqodlar, shuningdek, konsentratsiya va ish qobiliyati o‘sishini qayd etdi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, tananing resurslari tugaganda va tana tizimlari zaiflashganda haddan tashqari zo‘riqish teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, biologik "yosharish" darajasining sportga bog‘liqligi ham shubha ostiga olinishi mumkin.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ayollarda kalendar va biologik yosh o‘rtasidagi farq jismoniy faoliyat darajasidan qat’i nazar, taxminan 10-11 yilni tashkil etdi.
Chiniqish va sportni birlashtirgan erkaklar uchun farq taxminan 9-yilni, oddiygina chiniqqanlar uchun esa 18-yilni tashkil etdi.
Ma’lumot uchun, sovuq yoki yaxdek suvda chiniqish bilan muntazam ravishda shug‘ullanib turadigan insonlar o‘z organizmlarida qarish sur’atlarining sustligi bilan ajralib turishadi.
Yangiliklar lentasi
0