“Yangi nafas” sport musobaqasi ellik mingdan ziyod yuguruvchini birlashtirdi - foto

Obuna bo‘lish
Musobaqada Qurolli kuchlar akademiyasi kursantlari 40 metrlik davlat bayrog‘i bilan masofani bosib o‘tdi – tafsilotlar.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. "Yangi nafas" sport ommaviy yugurish musobaqasida 50 mingdan ziyod yuguruvchi ishtirok etdi. Musobaqa bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning 15 ta shahrida bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Turizm va madaniy meros vazirligi.
Musobaqa O‘zbekiston davlat bayrog‘ining 31-yilligiga bag‘ishlandi va “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida o‘tkazildi.
Unda Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Qo‘qon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarqand, Toshkent, Termiz, Urganch, Farg‘ona va Chirchiq aholisi ishtirok etdi.
Toshkentda tajribali yugurish havaskorlari “Yangi O‘zbekiston” parkida birlashgan bo‘lsa, “Ashxobod” sayilgohida oilaviy ommaviy yugurish musobaqasi o‘tkazildi hamda besh mingga yaqin yugurish havaskorlari "Humo Arena" maydonida to‘planishdi.
Qurolli kuchlar akademiyasi kursantlarining musobaqalar trassasi bo‘ylab davlat bayrog‘ining 40 metrlik matosi bilan masofani bosib o‘tishi eng yorqin lahzalardan biriga aylandi.
Shuningdek, 85 ta oliy o‘quv yurtidan 27 mingdan ziyod talaba "Yangi nafas" ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.
Hamma ishtirokchilarga bayram ramzi tushirilgan futbolkalar, g‘oliblarga esa esdalik medallari va sovg‘alar topshirildi.
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Turizm va madaniy meros vazirligi
Yangi Nafas sport ommaviy yugurish musobaqasi - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Yangiliklar lentasi
0