https://oz.sputniknews.uz/20221114/turkiya-iiv-rahbari-aqshning-istanbuldagi-portlash-boyicha-pozitsiyasini-qoraladi-29957150.html
Turkiya IIV rahbari AQShning Istanbuldagi portlash bo‘yicha pozitsiyasini qoraladi
Turkiya IIV rahbari AQShning Istanbuldagi portlash bo‘yicha pozitsiyasini qoraladi
Sputnik O‘zbekiston
Sulaymon Soylu Vashingtonning sodir bo‘lgan voqealarga munosabatidan Anqaraning noroziligiga aynan nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmadi. 14.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-14T11:30+0500
2022-11-14T11:30+0500
2022-11-14T11:30+0500
dunyoda
turkiya
istanbul
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29956783_0:152:3101:1896_1920x0_80_0_0_872cb9d1f8ab703f87797ed9934dae2b.jpg
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu AQShning hozirgacha olti kishining hayotiga zomin bo‘lgan Istanbul markazidagi portlashga munosabatini tanqid qildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.Soyluning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa “ittifoqdoshlar deb atalgan davlatlarning nosamimiyligi yaqqol ko‘rinib turibdi”.“Bizga do‘st bo‘lib ko‘rinadigan, barcha terrorchilarni o‘z mamlakatlarida yashiradigan yoki o‘zlari bosib olgan, o‘zlari boshqargan hududlarda terrorchilarni jonlantirib, o‘z Senatlaridan rasman pul jo‘natadigan so‘zdagi ittifoqchilarimizning samimiy emasliklari ma’lum”, - deydi Soylu.Shu bilan birga, vazir Vashingtonning sodir bo‘lgan voqealarga munosabatidan Anqaraning noroziligiga aynan nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer avvalroq bayonotida “AQSh Istanbulda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik harakatini keskin qoralashini”, shuningdek, “yaqinlarini yo‘qotganlarga chuqur hamdardlik bildirishini” aytgandi.Eslatib o‘tamiz, kecha, 13-noyabr kuni tushdan keyin Istanbul markazidagi sayyohlarning sevimli ko‘chasi Istiqlolda portlash sodir bo‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, oqibatda olti kishi halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 81 kishi jabrlangan. Istanbul Bosh prokuraturasi voqea yuzasidan tergov boshlagan.Turkiya hukumati hodisani, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol tomonidan sodir etilgan terakt sifatida baholamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20221114/istanbuldagi-portlashga-aloqadorlikda-gumonlangan-shaxs-qolga-olindi-29954284.html
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29956783_186:0:2915:2047_1920x0_80_0_0_fb5b06ffeb639b29c6ee89a948d19970.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
dunyoda, turkiya, istanbul, aqsh
dunyoda, turkiya, istanbul, aqsh
Turkiya IIV rahbari AQShning Istanbuldagi portlash bo‘yicha pozitsiyasini qoraladi
Sulaymon Soylu Vashingtonning sodir bo‘lgan voqealarga munosabatidan Anqaraning noroziligiga aynan nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu AQShning hozirgacha olti kishining hayotiga zomin bo‘lgan Istanbul markazidagi portlashga munosabatini tanqid qildi. Bu haqda “Anadolu”
xabar berdi. “Bugun Amerika tomonidan bildirilgan hamdardlik xabarini qotilning hodisa joyiga birinchilardan bo‘lib yetib kelishidek baholash asosli bo‘lishini tushunyapman va bunga javob ham juda aniq shaklda namoyon bo‘ladi. Bu tez orada ma’lum bo‘ladi”, - deya Turkiya vaziri so‘zlarini keltirgan
RIA Novosti.Soyluning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa “ittifoqdoshlar deb atalgan davlatlarning nosamimiyligi yaqqol ko‘rinib turibdi”.
“Bizga do‘st bo‘lib ko‘rinadigan, barcha terrorchilarni o‘z mamlakatlarida yashiradigan yoki o‘zlari bosib olgan, o‘zlari boshqargan hududlarda terrorchilarni jonlantirib, o‘z Senatlaridan rasman pul jo‘natadigan so‘zdagi ittifoqchilarimizning samimiy emasliklari ma’lum”, - deydi Soylu.
Shu bilan birga, vazir Vashingtonning sodir bo‘lgan voqealarga munosabatidan Anqaraning noroziligiga aynan nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.
Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer avvalroq bayonotida “AQSh Istanbulda sodir bo‘lgan zo‘ravonlik harakatini keskin qoralashini”, shuningdek, “yaqinlarini yo‘qotganlarga chuqur hamdardlik bildirishini” aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13-noyabr kuni tushdan keyin Istanbul markazidagi sayyohlarning sevimli ko‘chasi Istiqlolda portlash sodir bo‘ldi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anning so‘zlariga ko‘ra, oqibatda olti kishi halok bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 81 kishi jabrlangan. Istanbul Bosh prokuraturasi voqea yuzasidan tergov boshlagan.
Turkiya hukumati hodisani, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ayol tomonidan sodir etilgan terakt sifatida baholamoqda.